Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#seminar_trening

Dasturiy budjetlashtirish tizimini samarali joriy etish bo‘yicha seminar tashkil etildi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun “Dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Unda 2026–2028-yillar uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi budjet dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/44526

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤3🔥1👏1🤩1
#ttj #rektor_yoshlar

Andijon davlat chet tillari instituti rektori talabalar turar joyida bo‘ldi


Andijon davlat chet tillari instituti rektori Dilshodbek Rustamov talabalarning yashash tarzini o‘rganish, ularning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlariga erishish va mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida institut talabalar turar joyida bo‘lib, yoshlar bilan uchrashdi.

👉 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍11🔥2🎉2
“Bibixonim O‘zJOKUda” – do‘stlik va madaniyat bayrami

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida o‘tkazilgan “Bibixonim O‘zJOKUda” bayrami mehmonlarni o‘ziga xos muhitga olib kirdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov, bir qator oliygohlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va jamoatchilik vakillari mehmon bo‘ldi.

Tadbir davomida 15 ta davlatning milliy burchaklari, an’anaviy taomlarning yoqimli hidlari, xalq o‘yinlari, kuy-qo‘shiqlar, raqslar va samimiy jonli muloqot ishtirokchilarga unutilmas taassurot ulashdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤3🎉1
#infografika #faoliyat_mart

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil mart oyi davomidagi faoliyati, yutuqlari va muhim tadbirlari

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤2