Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#infografika #faoliyat_mart

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil mart oyi davomidagi faoliyati, yutuqlari va muhim tadbirlari

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤2
9-aprel – Amir Temur tavallud topganiga 689 yil toʻldi

Amir Temur ibn amir Taragʻay 1336-yil 9-aprelda Keshning Xoʻjailgʻor qishlogʻida dunyoga kelgan.

Adolat va ulugʻvorlik timsoli bo‘lgan sohibqiron tavalludining 689 yilligi yurtimizda, shu jumladan oliy taʼlim muassasalari va kasbiy ta’lim dargohlarida ham keng nishonlanmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤5🎉3🔥2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhandislik_oyligi #yoshlar_akademiyasi

“Muhandislik oyligi”ning tantanali ochilish marosimidan videolavha


“Muhandislik oyligi” doirasida muhandislik yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari va texnikumlarda sun’iy intellekt, robototexnika, dron reysing, kiberxavfsizlik, elektronika va avtomatlashtirish kabi ixtirochilik hamda ilmiy-texnik ijodkorlik sohalarida talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida bellashuvlar o‘tkaziladi.

Ushbu tanlovlar yoshlarni muhandislik sohasiga keng jalb qilish, ularning amaliyotga yo‘naltirilgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, mazkur yo‘nalishda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤4🔥1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AmirTemur #TDIU #AI #Podkast #689

Amir Temur tavalludi munosabati bilan — maxsus media loyiha

▶️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti media jamoasi tomonidan Amir Temur hayoti va merosiga bag‘ishlangan podkast tayyorlandi.

Ushbu loyiha sun’iy intellekt texnologiyasi asosida yaratilgan bo‘lib, unda buyuk sarkardaning ma’naviy qarashlari, ijtimoiy tafakkuri hamda ularning zamonaviylik bilan uyg‘unligi tahlil etilgan.


Tarix va texnologiyaning yangi formatdagi uchrashuvi.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18👏4❤3🔥2🤔1
#Amir_Temur #689_yilligi

Bugun, 9-aprel yurtimizda yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli va markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan hamda madaniyat homiysi Amir Temur tavalludining navbatdagi yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida o‘tgan tadbirda Prezident Administratsiyasi vakillari, Oliy Majlis palatalari a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, taniqli yozuvchi va shoirlar, ilm-fan namoyandalari, oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy taʼlim muassasalari jamoasi buyuk sarkarda — Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gullar qo‘yib, ulug‘ bobokalonimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirdi.

Amir Temur shaxsiyati, uning davlat boshqaruvidagi donoligi, adolatparvarligi, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida so‘z yuritildi. Tadbir davomida Amir Temurning shonli hayoti, yurt tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida qilgan buyuk ishlariga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤3🔥1