Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#infografika #faoliyat_mart

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil mart oyi davomidagi faoliyati, yutuqlari va muhim tadbirlari

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤2
9-aprel – Amir Temur tavallud topganiga 689 yil toʻldi

Amir Temur ibn amir Taragʻay 1336-yil 9-aprelda Keshning Xoʻjailgʻor qishlogʻida dunyoga kelgan.

Adolat va ulugʻvorlik timsoli bo‘lgan sohibqiron tavalludining 689 yilligi yurtimizda, shu jumladan oliy taʼlim muassasalari va kasbiy ta’lim dargohlarida ham keng nishonlanmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤5🎉3🔥2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhandislik_oyligi #yoshlar_akademiyasi

“Muhandislik oyligi”ning tantanali ochilish marosimidan videolavha


“Muhandislik oyligi” doirasida muhandislik yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari va texnikumlarda sun’iy intellekt, robototexnika, dron reysing, kiberxavfsizlik, elektronika va avtomatlashtirish kabi ixtirochilik hamda ilmiy-texnik ijodkorlik sohalarida talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida bellashuvlar o‘tkaziladi.

Ushbu tanlovlar yoshlarni muhandislik sohasiga keng jalb qilish, ularning amaliyotga yo‘naltirilgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, mazkur yo‘nalishda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤4🔥1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AmirTemur #TDIU #AI #Podkast #689

Amir Temur tavalludi munosabati bilan — maxsus media loyiha

▶️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti media jamoasi tomonidan Amir Temur hayoti va merosiga bag‘ishlangan podkast tayyorlandi.

Ushbu loyiha sun’iy intellekt texnologiyasi asosida yaratilgan bo‘lib, unda buyuk sarkardaning ma’naviy qarashlari, ijtimoiy tafakkuri hamda ularning zamonaviylik bilan uyg‘unligi tahlil etilgan.


Tarix va texnologiyaning yangi formatdagi uchrashuvi.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18👏4❤3🔥2🤔1
#Amir_Temur #689_yilligi

Bugun, 9-aprel yurtimizda yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli va markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan hamda madaniyat homiysi Amir Temur tavalludining navbatdagi yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida o‘tgan tadbirda Prezident Administratsiyasi vakillari, Oliy Majlis palatalari a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, taniqli yozuvchi va shoirlar, ilm-fan namoyandalari, oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy taʼlim muassasalari jamoasi buyuk sarkarda — Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gullar qo‘yib, ulug‘ bobokalonimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirdi.

Amir Temur shaxsiyati, uning davlat boshqaruvidagi donoligi, adolatparvarligi, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida so‘z yuritildi. Tadbir davomida Amir Temurning shonli hayoti, yurt tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida qilgan buyuk ishlariga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport_oʻyini #Toʻp_marraga

Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti Eshmaxmat
Xurramov tomonidan kashf qilingan “To‘p marraga” sport o‘yini mamlakatimiz bo‘ylab keng tarqalmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12🔥1😁1
#biznes_forum

🎯 “Ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va ilmiy ishlanmalarga biznes-investisiya” mavzusida biznes-forum

2025-yil 11-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovasion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasini amalga oshirish guruhi tomonidan ENCOMPASS kompaniyasi ko‘magida tashkil etilgan “Ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va ilmiy ishlanmalarga biznes-investisiya” mavzusida keng ko‘lamli Biznes-forum bo‘lib o‘tadi.

🔬 Forum 200 dan ortiq ishtirokchilarni — olim-tadqiqotchilar, davlat tashkilotlari, xususiy sektor vakillari va investorlarni muhim mavzu atrofida birlashtiradi: ilm-fanni biznesga qanday aylantirish va innovatsiyalarga sarmoyalarni qanday jalb qilish.

💼 TTijoratlashtirish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, mentorlik, olimlar va biznes vakillari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatishga qaratilgan “Research Commercialization Program” va “Business Investments in Research & Development” (RCP&BIRD) grant dasturlarining asosiy yo‘nalishlari taqdim etiladi.

📌 Dasturga quyidagilar kiritilgan:
• RCP va BIRD loyihalarining innovasion ishlanmalari va texnologiyalari ko‘rgazmasi;
• “O‘zbekistonda ilm-fan va sanoat hamkorligi va texnologiyalarni tijoratlashtirish istiqbollari" plenar sessiyasi;
• RCP va BIRD loyihalarining pitching sessiyalari;
• Potensial hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun “matchmaking” formatidagi uchrashuvlar.

📣 Asosiy spikerlar Jahon banki vakillari, investorlar va tijoratlashtirish sohasidagi yetakchi ekspertlar ishtirok etadi.

💡 Forum yangi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonda ilm-fan va biznesning kelajagini muhokama qilish uchun imkoniyat yaratadi.

📎 Forum dasturi

📝
Ro‘yxatdan o‘tish


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhandislik_oyligi #yoshlar_akademiyasi

“Muhandislik oyligi”ning dron reysing bellashuvidan


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤3🔥1
#Prezident_yigʻilish #turizm_investitsiya

– Turizmda oliy ta’limni 4-yildan 3-yilga kamaytirib, dual tizimga o‘tkazdik. Nima uchun?..


Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilish davomida davlat rahbari sohada amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, bu yo‘nalishda kelgusida qilinajak ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Xususan, mas’ullarga bu yo‘nalishda yangi turizm marshrutini ishlab chiqib, keng targ‘ib qilishni topshirdi.

“Turizmda oliy ta’limni 4-yildan 3-yilga kamaytirib, dual tizimga o‘tkazdik. Nima uchun? Yoshlar ko‘proq amaliy bilim olib, tajriba orttirishi kerak”,

–
dedi Prezident.

Masalan, Toshkentdagi Singapur menejment instituti oliygoh hududida 10 qavatli mehmonxona turizm klasteri tashkil qilmoqda. Yiliga 200 nafar talaba, 300 nafar o‘qituvchi mehmonxona boshqaruvi, marketing kabi yo‘nalishda amaliyot o‘tash va malaka oshirish imkoniga ega bo‘ladi.

Dual ta’lim bo‘yicha hududlarda ham yaxshi tajribalarni ko‘paytirish, joriy yilda 500 nafar talabani turizm bo‘yicha amaliyot o‘tash va ishlashga yuborish muhimligi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤1🔥1