Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Prezident_yigʻilish #turizm_investitsiya

– Turizmda oliy ta’limni 4-yildan 3-yilga kamaytirib, dual tizimga o‘tkazdik. Nima uchun?..


Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilish davomida davlat rahbari sohada amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, bu yo‘nalishda kelgusida qilinajak ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Xususan, mas’ullarga bu yo‘nalishda yangi turizm marshrutini ishlab chiqib, keng targ‘ib qilishni topshirdi.

“Turizmda oliy ta’limni 4-yildan 3-yilga kamaytirib, dual tizimga o‘tkazdik. Nima uchun? Yoshlar ko‘proq amaliy bilim olib, tajriba orttirishi kerak”,

–
dedi Prezident.

Masalan, Toshkentdagi Singapur menejment instituti oliygoh hududida 10 qavatli mehmonxona turizm klasteri tashkil qilmoqda. Yiliga 200 nafar talaba, 300 nafar o‘qituvchi mehmonxona boshqaruvi, marketing kabi yo‘nalishda amaliyot o‘tash va malaka oshirish imkoniga ega bo‘ladi.

Dual ta’lim bo‘yicha hududlarda ham yaxshi tajribalarni ko‘paytirish, joriy yilda 500 nafar talabani turizm bo‘yicha amaliyot o‘tash va ishlashga yuborish muhimligi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤1🔥1
#talabaga_qulaylik

Denovda yangi o‘quv laboratoriyasi ishga tushirildi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida akademik Shafoat Namozov nomi bilan ataluvchi zamonaviy o‘quv laboratoriya xonasi foydalanishga topshirildi.

Mazkur laboratoriya, avvalo, kimyo, kimyoviy texnologiyalar hamda oziq-ovqat texnologiyalari yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Talabalar bu yerda o‘z yo‘nalishlariga oid laboratoriya ishlarini bevosita zamonaviy uskunalar yordamida bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, laboratoriyada 15 dan ortiq yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa nafaqat talabalar, balki shu sohada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar uchun ham o‘z ilmiy izlanishlarini amalga oshirishda qulay ilmiy muhit yaratadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤3🔥3🤩1
#OTFIV #Velosport #Hamkorlik

🚴‍♂️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

🤝 Ushbu hujjat sport sohasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida velosportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ta’lim va ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarida qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/44612

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤2👏2😁2🔥1