Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xorijlik_talabalar #fikr

Хorijlik talabalar bizning oliygohlarimiz haqida qanday fikrda?

Ko‘pchilik o‘zbekistonlik yoshlar xorijda o‘qishni orzu qiladi. Ammo bugun xorijlik talabalar ham aynan O‘zbekistonda ta’lim olishni tanlamoqda!

Chirchiq davlat pedagogika universitetida tahsil olayotgan germaniyalik talabalar fikrini tinglaymiz.


Talabalar almashinuvi dasturi orqali kelgan mehmonlarning taassurotlari — bu O‘zbekiston oliygohlariga berilgan eng yaxshi baholardan biri!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍8😁6🔥1
Audio
✍️ Abduqayum Yo‘ldosh — Parim bo‘lsa (hikoya)

“Parim bo‘lsa” – orzular, sevgi va vijdonning hayot sinovlari qarshisida qanday ko‘rinish olishini aks ettiruvchi ta’sirchan hikoya.

Abduqayum Yo‘ldosh ushbu asarida inson qalbida yashirinib yotgan orzu-umidlar, halollik va muhabbatning nozik jihatlarini yoritadi. Hikoya bir qarashda oddiy voqelik asosida qurilgandek tuyuladi, biroq undagi ruhiy kechinmalar, ichki qarama-qarshiliklar va o‘zlikni anglash jarayoni uni chuqur psixologik-falsafiy darajaga olib chiqadi.


📚 3000 dan ziyod BEPUL elektron va audiokitoblar bu yerda: 📱Play Market / App Store

📖 Matn shaklida o‘qish uchun: HAVOLA

🎙Ushbu hikoya audiosini Muhammadjon Xoʻjayev o‘qigan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤2🔥1
#xizmat_safari

Oliy ta’lim vaziri Andijonda


2025-yil 10-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida u Yangi Andijon massividagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari uchun ajratilgan “Ziyolilar bog‘i” hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Vazir ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot olib, mas’ullarga ish sifatini oshirish va belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26🔥4❤3
🌐 TOEFL iBT va GRE testlari ETS tashkilotining rasmiy test markazi – ilmiy-o‘quv amaliy markazida!

📚 ONLAYN DIAGNOSTIK TEST — endi test topshiriqlarini elektron shaklda – onlayn ishlang va natijangizni darhol bilib oling!

Murojaat uchun:
📞 (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤1
#xalqaro_hamkorlik #reyting

Quacquarelli Symonds (QS) tashkiloti vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


10-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev xalqaro miqyosda oliy ta’lim muassasalarini baholovchi nufuzli Quacquarelli Symonds (QS) reyting tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Sergey Xristolyubov bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuv doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytinglarda munosib o‘rin egallashini ta’minlash, ta’lim eksporti hajmini oshirish va mamlakatning global ilmiy-ta’lim makonidagi mavqeini yanada mustahkamlash bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Muloqot davomida, shuningdek, 2030-yilgacha kamida 10 ta O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasini QS reytingining TOP-1000 taligiga kiritish bo‘yicha strategik yo‘nalishlar va hamkorlik mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12🔥3❤1🤔1
#muhandislik_tanlovi

Muhandislik sohasida e’lon qilingan tanlovga ariza topshirish yakunlandi!

⏺️“Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida o‘tkazilayotgan tanlovda ishtirok etish uchun jami 1263 ta ariza kelib tushdi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, tanlov quyidagi 3 ta bosqichda o‘tkaziladi:
- texnik eskpertiza – aprel;
- saralash – may;
- yakuniy – iyun.

Yakuniy bosqichda g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin: elektromobil (9 ta);
🥈2-o‘rin: xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi;
🥉3-o‘rin: pul mukofotlari.

📋 Tanlov ishtirokchilari o‘z arizalarining holati bo‘yicha muhandis.edu.uz sayti orqali ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 55-520-08-08 (357), 90-065-05-09.

Muhandislar safiga qo‘shiling va o‘z kelajagingiz me’moriga aylaning!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥3❤2👏2
#Xalqaro_hamkorlik

Vebster universitetining Toshkent shahridagi filialini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi


9-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamda Vebster universiteti kansleri Tim Kin boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik, jumladan, Vebster universitetining Toshkent shahridagi filialini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/45299

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10🔥2❤1😁1