Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik #kasbiy_taʼlim

Kelajak uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish: kasbiy ta’limda samaradorlikka erishish strategiyalari

2025-yilning 10-aprel kuni ayni mavzuda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Shveysariyaning taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtirilayotgan VET4UZ loyihasi hamkorligida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda Turizm qo‘mitasi, Prezident huzuridagi Ta’lim loyihalari markazi, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Xalqaro rivojlanish agentliklari, jumladan, Shveysariya elchixonasi, Malaka rivojlantirishga faol qatnashuvchi xususiy sektor vakillari, 180 dan ortiq mahalliy va xalqaro mutaxassislar ishtirok etishdi.

Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev ishtirok etib, ta’lim sohasi mutaxassislari hamda turli tarmoqlar vakillari bilan ochiq va konstruktiv muloqot olib bordi. Suhbat davomida kasbiy ta’limning dolzarb masalalari, kelajak kasblari va zamonaviy mehnat bozorining ehtiyojlari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/45309

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍8🔥2👏1
#muhandislik_oyligi #kelajak_muhandislari

🔻“3D modellashtirish” tanlovida qatnashish uchun arizalar qabuli yopilmoqda!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan “Muhandislik oyligi” doirasida 15–16-aprel kunlari “3D modellashtirish” yo‘nalishida tanlovga arizalar qabuli bugun, 11-aprel kuni soat 18.00da yopiladi.

Eslatib o‘tamiz, tanlov ikki bosqichda o‘tkazilib, g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
🥇1-o‘rin: noutbuk 💻
🥈2-o‘rin: 3D printer 🖨
🥉3-o‘rin: planshet. 💻

❗️ Rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘tmaganlarga ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.

👉Ro‘yxatdan o‘tish

📍 Manzil: Toshkent arxitektura-qurilish instituti
🗓 Sana: 15–16-aprel
🕖 Soat: 9:00

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤1🔥1
#Jamoatchilik_muhokamasi

OʻzMU huzurida Nazariy fizika instituti tashkil etiladi


💬Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti huzurida Nazariy fizika institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

☑️Unga ko‘ra:

🟢 Institut tuzilmasida xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni 20 nafarni tashkil etadi;

🟣 Institut yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan ilmiy-tadqiqot tashkiloti hisoblanadi.

Quyidagi vazifalar institutning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

🟢 Nazariy fizika sohasining dolzarb muammolarini o‘rganish va fundamental, amaliy, innovatsion hamda xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarda ishtirok etish;

🟢 Kvant maydon nazariyasi, subatom fizikasi, nochiziqli fizika, gravitatsion maydon va kvant tarmoqlar bo‘yicha ilmiy anjumanlar va seminarlar tashkil etish;

🟢Yosh olimlar uchun zamonaviy nazariy fizika yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-o‘quv materiallar tayyorlash;

🟢Fizika sohasida ta’lim va ilmiy faoliyat integratsiyasini kuchaytirish, talabalar va doktorantlarni tadqiqot ishlariga jalb etish;

🟢Iqtidorli talabalarni nazariy fizika bo‘yicha tayyorlashda oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish;

🟢Xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va nufuzli tadqiqot markazlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish;

🟢Rivojlangan davlatlar tajribasi asosida tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;

🟢Ilmiy loyihalar uchun mahalliy va xalqaro mutaxassislarni jalb etish;

🟢Tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish va nazariy fizika bo‘yicha xalqaro ilmiy jurnallardagi nashrlar sonini oshirish.


📃 Institutga quyidagi huquqlar beriladi:

▶️boshqa ilmiy tashkilotlar, jamgʻarmalar, oʻquv muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun shartnomalar tuzish;

▶️ilmiy tadqiqotlar sohasida zarur axborotlarni, statistik, tahliliy va boshqa maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan soʻrash;


🧩 Universitet zarur mebel, kompyuter texnikasi va boshqa moddiy vositalar bilan ta’minlanadi.

📣 Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.adliya.uz platformasi orqali qoldiring.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥3
#topshiriq_ijrosi_amalda
#muhandislik_oyligi

Toshkent kimyo-texnologiya institutida muhandislik sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi

Prezident Administratsiyasi masʼul xodimlari tomonidan Toshkent kimyo-texnologiya institutida davlat rahbari raisligida 2024-yil 20-iyun kuni “Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yana-da takomillashtirish” masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishning 32-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosi holati o‘rganildi.

👉 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤4🔥3
#mahorat_darsi

🏆 “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida mahorat darslariga taklif qilamiz!


2025-yil 15-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida muhandislik va innovatsiya bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tadi!

🎓 Muhandislik sohasidagi yetuk professorlar ilmiy ishlanmalarini taqdim etib, innovatsion texnologiyalar va muhandislik sirlarini o‘rtoqlashadilar!

📌Mahorat darslari yo‘nalishlari:
✅ MuhandisD – sohadagi eng yangi kashfiyotlar!
🔥 Qiziqarli kimyo – muhandislikning kelajagi!
🚀 Astronomiya – nazariya va amaliyot bir joyda!

📍 Manzil: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, amfiteatri
📆 Sana: 2025-yil 15-aprel
⏰ Soat: 10:00

📢 Qo‘shimcha ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: [ https://muhandis.milliyofis.uz/#directions ]

Muhandislik bilimlaringizni mustahkamlash va yangi imkoniyatlar eshigini ochish uchun biz bilan birga bo‘ling!

KELAJAK MUHANDISLARI Xalqaro festivali

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#innovatsion_ishlanma

Turli yaralarni tez bitishiga yordam beradigan bint ishlab chiqildi


Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti magistratura talabasi Sevara Xoldarova tomonidan ipakdan bint ishlab chiqildi. Bunday bint yaralarning tez bitishiga yordam beradi, natijada bemorlar kamroq bintdan foydalanadi va tibbiyotda mablag‘ tejalishiga sabab bo‘ladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22👏4❤2🔥2🎉2
#dayjest #milliy_libos

🇺🇿 Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasidir!


Oliy ta’lim tashkilotlarida “Milliy liboslar” kuniga bag‘ishlangan qator tadbirlar o‘tkazildi


➡️O‘zMU Jizzax filiali;

➡️Urganch davlat pedagogika instituti;

➡️Toshkent davlat texnika universiteti;

➡️Buxoro davlat universiteti;

➡️Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

➡️O’zbekiston milliy universiteti;

➡️Namangan davlat chet tillari instituti;

➡️Andijon davlat chet tillari instituti;

➡️Termiz iqtisodiyot va servis universiteti;

➡️Qarshi davlat universiteti;

➡️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

➡️Jizzax politexnika instituti;

➡️Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;

➡️Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti;

➡️Qarshi xalqaro universiteti;

➡️Guliston davlat pedagogika instituti;

➡️Urganch davlat universiteti;

➡️Ma’mun universiteti;

➡️Andijon davlat texnika instituti;

➡️Buxoro davlat tibbiyot instituti;

➡️TATU Samarqand filiali;

➡️Namangan davlat universiteti;

➡️Buxoro davlat pedagogika instituti;

➡️Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti;

➡️Urganch innovatsion universiteti;

➡️Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti;

➡️Namangan davlat texnika universiteti;

➡️Namangan davlat pedagogika instituti;

➡️Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

➡️TKTI Yangiyer filiali;

➡️Samarqand davlat tibbiyot universiteti;

➡️TDIU Samarqand filiali;

➡️TATU Nukus filiali;

➡️“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;

➡️Osiyo texnologiyalar universiteti;

➡️SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali;

➡️Farg‘ona davlat texnika universiteti;

➡️Qoʻqon davlat universiteti;

➡️Qoraqalpoq davlat universiteti;

➡️Navoiy davlat universiteti.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤2🔥2