Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#E’LON

"Kelajak Muhandislari" xalqaro festivaliga marhamat!


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi "Muhandislik oyligi" doirasida joriy yilning 15-16-17-aprel kunlari "Kelajak Muhandislari" xalqaro festivali tashkil etiladi.

Festival doirasida iqtidorli yoshlar o‘rtasida turli musobaqalar tashkil etiladi:


⁃ Muhandislik ishlanmalari ko‘rgazmasi
⁃ Aviamodellar ko‘rgazmasi
⁃ "Art Engineering" namoyishlari
⁃ "Sanoat muammolari uchun yechimlar" hakatoni
⁃ "Drone racing"
⁃ Havo jangi
⁃ Raketa modellashtirish
⁃ Robotlar jangi
⁃ Robototexnika musobaqasi
⁃ 3D modellashtirish musobaqasi


📍Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, Zakovat arena binosi.
⏰ Vaqti: 15-16-17-aprel, soat 10:00 da

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19🔥2❤1
✅ #Olimlar_minbari
07.–12.04.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Shavkat Mirziyoyev: Samarqanddan turib qaralganda, dunyo tarqoq emas, balki yaxlit va bo‘linmas bo‘lib ko‘rinadi” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, fan arbobi;

“To‘qsonchi dovon va yangilangan shonli yo‘l mas’uliyati” — Bahodir MIRZAYEV, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektori, professor;

“Samarqand ekologiya iqlim barqarorligi bo‘yicha muloqot maydoniga aylandi” — Qalandar ABDURAHMONOV, Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori, akademik;

«Борьба с киберкоррупцией: искусственный интеллект и современные технологии» — Исламбек РУСТАМБЕКОВ, ректора Ташкентского государственного юридического университета, профессор;

“Xo‘jand sammiti: siyosiy barqarorlik yo‘lidagi tarixiy uchrashuv” — Dilmurod NABIYEV, Qarshi davlat universiteti rektori, professor;

“Farovonlik, barqaror tinchlik va hamjihatlik uchun ildam qadam” — Bahodir Ma’murov, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor;

“Sun’iy intellekt – tashxis qo‘yadi va davolaydi” — Jasur RIZAYEV, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;

«Почему опыт экономической дипломатии стран ЕС важен для Узбекистана» — Ибрагим МАВЛАНОВ, руководитель Центра экономической дипломатии Института перспективных международных исследований при УМЭД профессор;

«Эффективная защита прав граждан за границей: новые меры» — Дилбар СУЮНОВА, профессор кафедры ТГЮУ.

«Трансформация высшего образования: возможности для интеграции мировых инноваций» — Рустам ТУРСУНОВ, доцент Ташкентского государственного аграрного университета.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤1🔥1😁1
#kelajakka_qadam #uchrashuv

Vazir Andijonda "Kelajakka qadam" loyihasi doirasida yoshlar bilan uchrashdi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov ayni paytda xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo‘lib turibdi.

Bugun, 14-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Andijon davlat universitetida viloyat oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashib, "Kelajakka qadam" loyihasi doirasida ochiq muloqot o'tkazdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/45817

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤2🔥1
#universiada_2025

Futbol boʻyicha “Universiada—2025” musobaqasining Respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi


Joriy yilning 9-14-aprel kunlari Xorazm viloyatida oliy taʼlim muassasalarining talaba-yoshlari oʻrtasida anʼanaviy tarzda oʻtkazilayotgan “Universiada” sport musobaqalarining futbol sport turi boʻyicha final bosqichi oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Bu yilgi musobaqaga Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti mezbonlik qildi.

Futbol boʻyicha final bosqichi oʻyinlari natijasi quyidagicha boʻldi:
🥇1-o‘rin – Xorazm viloyati jamoasi;
🥈 2-o‘rin – Toshkent viloyati jamoasi;
🥉 3-o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22🎉4❤2🔥1🥰1
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekistonda muhandis kadrlarni tayyorlash bo‘yicha JICA bilan hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi


14-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev hamda Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) Sharqiy va Markaziy Osiyo, Kavkaz departamenti direktori yordamchisi Akane Miyajima va JICA O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari v.v.b. Kenji Mishima o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Tomonlar o'rtasida O‘zbekistonda muhandislik sohasida olib borilayotgan islohotlar borasida mukomalar olib borildi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti A. Tanakaning O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida istiqboldagi rejalar va hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/45861

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤1🔥1🎉1