Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#kelajak_muhandislari #aviatsiya_musobaqalari

Qanot yozgan yoshlar: “Kelajak muhandislari” festivalida aviatsiya musobaqalari

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida tashkil etilgan aviatsiya musobaqalarida 15 dan ziyod oliy taʼlim muassasalari talabalari, harbiy qism kursantlari hamda turli yoshdagi yoshlardan iborat 200 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda.

Bellashuvlar 3 yoʻnalishda oʻtkazilmoqda:
• Drone Racing – qatnashchilar oʻz dronlari belgilangan yoʻnalish boʻylab toʻsiqlarni yengib oʻtib, marraga eng qisqa vaqtda yetib borishlari kerak.
• Havo jangi – qatnashchilar raqib droni tasmasini kesish va havodagi muvozanatni saqlagan holda maksimal ball toʻplash uchun kurash olib borishadi.
• Raketa modellashtirish – ishtirokchilar oʻzlari loyihalagan va yigʻgan raketalarni uchirishadi. Raketalarning uchish balandligi, barqarorligi va texnik yechimlari maxsus hakamlar tomonidan baholanadi.


Bu musobaqalar yoshlarimizning qanot yozib, orzulari sari parvoz qilishlariga ilhom baxsh etadi! 🚀✈️💡

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/46049

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤2👏2
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Tojikistonning oliy taʼlim sohasidagi strategik hamkorligi mustahkamlanmoqda

11-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov Tojikiston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/46075

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10🔥1😁1
#kelajak_muhandislari #xalqaro_hamkorlik #yoshlar_akademiyasi

“Kelajak muhandislari: innovatsiyalar, sanoat va ta’limni birlashtirish” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

“Kelajak Muhandislari” xalqaro festivali doirasida tashkil etilgan anjumanda 40 dan ortiq xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirok etishdi.

Unda Malayziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya vakillari zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar, muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlari bo'yicha taqdimot qilishdi.

Yakunda “Yoshlar akademiyasi” hamda Qozog‘istonning “Ta’lim va sport robototexnika” federatsiyasi, shuningdek, Malayziyaning MyRAS (Malaysia Robotics and Automation Society) jamiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤1🔥1