Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#kelajak_muhandislari #aviatsiya_musobaqalari

Qanot yozgan yoshlar: “Kelajak muhandislari” festivalida aviatsiya musobaqalari

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida tashkil etilgan aviatsiya musobaqalarida 15 dan ziyod oliy taʼlim muassasalari talabalari, harbiy qism kursantlari hamda turli yoshdagi yoshlardan iborat 200 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda.

Bellashuvlar 3 yoʻnalishda oʻtkazilmoqda:
• Drone Racing – qatnashchilar oʻz dronlari belgilangan yoʻnalish boʻylab toʻsiqlarni yengib oʻtib, marraga eng qisqa vaqtda yetib borishlari kerak.
• Havo jangi – qatnashchilar raqib droni tasmasini kesish va havodagi muvozanatni saqlagan holda maksimal ball toʻplash uchun kurash olib borishadi.
• Raketa modellashtirish – ishtirokchilar oʻzlari loyihalagan va yigʻgan raketalarni uchirishadi. Raketalarning uchish balandligi, barqarorligi va texnik yechimlari maxsus hakamlar tomonidan baholanadi.


Bu musobaqalar yoshlarimizning qanot yozib, orzulari sari parvoz qilishlariga ilhom baxsh etadi! 🚀✈️💡

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/46049

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤2👏2
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Tojikistonning oliy taʼlim sohasidagi strategik hamkorligi mustahkamlanmoqda

11-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov Tojikiston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/46075

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10🔥1😁1
#kelajak_muhandislari #xalqaro_hamkorlik #yoshlar_akademiyasi

“Kelajak muhandislari: innovatsiyalar, sanoat va ta’limni birlashtirish” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

“Kelajak Muhandislari” xalqaro festivali doirasida tashkil etilgan anjumanda 40 dan ortiq xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirok etishdi.

Unda Malayziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya vakillari zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar, muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlari bo'yicha taqdimot qilishdi.

Yakunda “Yoshlar akademiyasi” hamda Qozog‘istonning “Ta’lim va sport robototexnika” federatsiyasi, shuningdek, Malayziyaning MyRAS (Malaysia Robotics and Automation Society) jamiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat #kelajak_muhandislari

Turana Gasimova – Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi xalqaro bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalida ishtirok etib, mazkur tadbir boʻyicha fikrlarini bildirdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍8🔥7
#sarhisob_murojaat
#infografika

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 2025-yil 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili raqamlarda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kelajak_muhandislari #robototexnika_musobaqalari

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida robototexnika musobaqalari o‘tkazilmoqda


Toshkent shahridagi “Zakovat Arena” binosida “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida robototexnika bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Festival Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkazilib, yoshlarni zamonaviy texnologiyalar va muhandislik sohasiga jalb etish, ularning ijodiy va texnik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Musobaqalarda 275 nafar maktab o‘quvchilari va 65 nafardan ortiq oliy ta’lim muassasalari talabalari – jami 340 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashdi. Bellashuvlar 6 yo‘nalishda o‘tkazildi: Robo Race, Robo Sumo, Robo Sumo EV3, Robo Football, Line Following va Robotlar jangi.

Har bir yo‘nalishda ishtirokchilar o‘zlari tayyorlagan robotlar orqali tezlik, aniqlik, kuch va strategik yondashuv bo‘yicha bellashdilar. Ayniqsa, jamoaviy ish, innovatsion fikrlash va muhandislik yechimlari alohida baholandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kelajak_muhandislari #1_kun

15-aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali 1-kuni tafsilotlari

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥3👏1
#live

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida robototexnika musobaqalari boshlandi

Jonli efir: https://www.youtube.com/live/inbdPd91cys?si=BwOLtv0ijA96QNXv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_anjuman

Chirchiq davlat pedagogika universitetida IV xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi


“Ko‘p tarmoqli tadqiqot va ta’limning global istiqbollari” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada 20 ta mamlakatdan 70 dan ortiq olimlar ishtirok etdi.

Onlayn va oflayn shaklda o‘tgan anjuman davomida 580 ta maqola muhokama qilinib, seminar-treninglar tashkil etildi.

Unda xalqaro ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro baholash tizimlarini joriy etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/45991

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17👏3❤2🔥2