Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#kelajak_muhandislari #xalqaro_hamkorlik #yoshlar_akademiyasi

“Kelajak muhandislari: innovatsiyalar, sanoat va ta’limni birlashtirish” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

“Kelajak Muhandislari” xalqaro festivali doirasida tashkil etilgan anjumanda 40 dan ortiq xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirok etishdi.

Unda Malayziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya vakillari zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar, muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlari bo'yicha taqdimot qilishdi.

Yakunda “Yoshlar akademiyasi” hamda Qozog‘istonning “Ta’lim va sport robototexnika” federatsiyasi, shuningdek, Malayziyaning MyRAS (Malaysia Robotics and Automation Society) jamiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat #kelajak_muhandislari

Turana Gasimova – Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi xalqaro bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalida ishtirok etib, mazkur tadbir boʻyicha fikrlarini bildirdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍8🔥7
#sarhisob_murojaat
#infografika

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 2025-yil 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili raqamlarda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kelajak_muhandislari #robototexnika_musobaqalari

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida robototexnika musobaqalari o‘tkazilmoqda


Toshkent shahridagi “Zakovat Arena” binosida “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida robototexnika bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Festival Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkazilib, yoshlarni zamonaviy texnologiyalar va muhandislik sohasiga jalb etish, ularning ijodiy va texnik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Musobaqalarda 275 nafar maktab o‘quvchilari va 65 nafardan ortiq oliy ta’lim muassasalari talabalari – jami 340 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashdi. Bellashuvlar 6 yo‘nalishda o‘tkazildi: Robo Race, Robo Sumo, Robo Sumo EV3, Robo Football, Line Following va Robotlar jangi.

Har bir yo‘nalishda ishtirokchilar o‘zlari tayyorlagan robotlar orqali tezlik, aniqlik, kuch va strategik yondashuv bo‘yicha bellashdilar. Ayniqsa, jamoaviy ish, innovatsion fikrlash va muhandislik yechimlari alohida baholandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kelajak_muhandislari #1_kun

15-aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali 1-kuni tafsilotlari

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥3👏1
#live

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida robototexnika musobaqalari boshlandi

Jonli efir: https://www.youtube.com/live/inbdPd91cys?si=BwOLtv0ijA96QNXv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_anjuman

Chirchiq davlat pedagogika universitetida IV xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi


“Ko‘p tarmoqli tadqiqot va ta’limning global istiqbollari” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada 20 ta mamlakatdan 70 dan ortiq olimlar ishtirok etdi.

Onlayn va oflayn shaklda o‘tgan anjuman davomida 580 ta maqola muhokama qilinib, seminar-treninglar tashkil etildi.

Unda xalqaro ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro baholash tizimlarini joriy etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/45991

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17👏3❤2🔥2
#Respublika_anjumani

⚡️"Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi" mavzusadagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tadi.

📚Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga barchangizni taklif etamiz!

📖 Anjuman quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
➖9-may – Xotira va qadrlash kunining tarixiy-ma’naviy ahamiyati;
➖Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari jasoratining ilmiy-nazariy tahlili;
➖O‘zbekistonda xotira madaniyatini shakllantirishda adabiyot, san’at va ommaviy axborot vositalarining o‘rni;
➖Yoshlar ongida tarixiy xotirani mustahkamlashda ta’lim tizimining roli.

✔️ Anjumanda quyidagi shakllarda ishtirok etish mumkin:
🔹Ma’ruzachi sifatida;
🔹Ilmiy maqola muallifi sifatida;
🔹Tinglovchi (ishtirokchi) sifatida.

📥Maqolalar 2025-yil 5-maygacha
qabul qilinadi. Maqola topshirish - bepul.


➡️Anjuman axborot xati
➡️
Ro'yxatdan o'tish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15🔥1
#Prezident #Andijon #yigʻilish

Andijon tibbiyot institutiga universitet maqomi beriladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻilish davomida ijtimoiy soha masalalariga alohida toʻxtalindi.

Prezident tibbiyotda Andijon brendini yaratish boʻyicha barcha imkoniyatlar borligini taʼkidladi.

Bu borada oʻtgan yili 650 oʻrinli klinika Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga oʻtkazilib, uni taʼmirlash va jihozlashga 180 milliard soʻm berildi. Bu 11 ming talabaga bir vaqtni oʻzida ham oʻqish, ham amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Institutdagi simulyatsion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqichda baholash tizimini yo‘lga qo‘yish, klinika yoniga travmatologiya, pediatriya va jarrohlik, ginekologiya bo‘limini qurib, klasterga aylantirish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi. Bunga yana 100 milliard so‘m ajratilishi ma’qullandi.

Simulyatsion markazda sinovdan o‘tgan tibbiy xodimlarga qo‘shimcha 100 foiz ustama berilishi belgilandi.

Hozir 2 ming nafar namanganlik yoshlar Andijonga qatnab o‘qiyotganini hisobga olib, Namangan davlat universitetidagi tibbiyot fakulteti Andijon tibbiyot instituti filialiga aylanadi. Bu filial keyinchalik mustaqil oliygoh darajasiga olib chiqiladi, Andijon tibbiyot institutiga esa universitet maqomi beriladi.

Umuman, Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy va Hindistondan kelib o‘qimoqchi bo‘lganlar hisobiga, viloyatda tibbiy ta’lim eksportini yiliga 20 million dollardan oshirish mumkinligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga xorijdan kelib o‘qiyotgan talabalar uchun “talaba vizasi” joriy qilish bo‘yicha bir oyda taklif kiritish topshirildi.

Shuningdek, soʻnggi yillarda texnikumlar boʻyicha ham katta islohotlar qilinayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Ammo Andijondagi 56 ta texnikumning barchasida ham ishlar yangicha tashkil etilmayotgani taʼkidlandi.

Masalan, Andijon 4-son texnikumi va Paxtaobod 2-son texnikumida talabalarning bir vaqtning o‘zida o‘qishi va ishlab, daromad topishi bo‘yicha ijobiy tajriba yaratilgan.

Maktablardagidek o‘z ustida ishlab, salohiyati va ko‘nikmasini oshirgan direktorlarni rag‘batlantiradigan tizim endilikda texnikumlarda ham joriy qilinishi belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30🎉3👏2❤1🔥1
#qonunchilik_yangiliklari

⚡️Akademik litseylar bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻi bilan “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga bir qator oʻzgartirishlar kiritildi.


✍️Jumladan:

🔴Akademik litseylarda yakuniy attestatsiyani tashkil etish va oʻtkazish tartibi bugungi kun talablariga, qonunchilik hujjatlariga moslashtirildi.

📌Yakuniy attestatsiyani oʻtkazish uchun davlat attestatsiya komissiyasi (DAK)dan tashqari davlat imtihonlari oʻtkaziladigan har bir fandan alohida Imtihon komissiyalari tashkil etiladi. Imtihon komissiyalari faoliyat yuritishda DAKga boʻysunadi.

🔖Davlat imtihonlari barcha ta'lim yo'nalishlarida ona tili va adabiyot, Oʻzbekiston tarixi hamda taʼlim yoʻnalishining namunaviy oʻquv rejasida belgilangan yana ikkita chuqurlashtirilgan fanlardan oʻtkaziladi.

➡️ona tili va adabiyot fanidan – insho,
➡️matematika fanidan – yozma,
➡️Oʻzbekiston tarixi fanidan – test
➡️qolgan fanlardan ogʻzaki sinovlar koʻrinishida boʻladi.

⭐️Taʼlim yoʻnalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, ayrim yoʻnalishlarda chuqurlashtirilgan fandan davlat imtihoni ijodiy imtihon koʻrinishida oʻtkazilishi mumkin.

✅Bundan buyon davlat imtihonlari materiallari hamda mezonlari, ijodiy imtihonni oʻtkazish tartibi Imtihon komissiyalari tomonidan ishlab chiqiladi hamda DAK tomonidan tasdiqlanadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8😱3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kelajak_muhandislari

Endi urugʻlar 1 kunda unib chiqadi! 🌱⚡️

"Kelajak muhandislari" xalqaro festivali doirasida 14 yoshli maktab oʻquvchisining yaratgan innovatsion issiqxonasi barchani hayratga soldi!

Ushbu yosh ixtirochi qizning loyihasi natijasida endi urugʻlar bir kunda unsa, ajab emas. Bundan ham taʼsirli jihati — bu ishlanmadan allaqachon ikki nafar fermer amaliy foydalanib, yangidan-yangi buyurtmalar kela boshlagani.

Kelajak – ana shunday ixtirolar bilan unib chiqadi! 💡🌾💚

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29🔥8❤3🤩3