Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Yevropa ittifoqi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
!

16-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi raisi Tomash Zdexovskiy boshchiligidagi Yevropa parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o’rinbosari Shohrux Daliyev 4-5-aprel kunlari ilk marotaba Samarqand shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti doirasida tarixiy kelishuvlarga erishilganini qayd etdi. Xususan, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ va Horizon Europe kabi ilg‘or dasturlaridan Markaziy Osiyolik talaba va yosh tadqiqotchilar uchun alohida o'rin ajratilgani, bundan tashqari ikki mintaqa universitetlari o‘rtasida tajriba almashish bo‘yicha boshlangan yangi loyihalar katta natijalarga yo'l ochishini alohida ta'kidladi.

O'z o'rnida delegatsiya rahbari Tomash Zdexovskiy Yevropa Ittifoqi dasturi doirasida yaqin hamkorlik amalga oshirilayotgani, ko‘plab O‘zbekistonlik talabalar Yevropa davlatlarida grant asosida tahsil olayotgani va bu ko’rsatkich bosqichma-bosqich oshirib borilishini bildirdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/46314

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤3😱3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#festival

Millatlararo totuvlik va doʻstlik festivali

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Oʻzbekiston — koʻp millatli ahil oila” nomli festival tashkil etildi. Anjumanni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari R.Nurazizov va universiteti rektori A.Reymov ochib berdi. Festival doirasida milliy liboslar, hunarmandchilik namunalari va rasmlar koʻrgazmasi hamda konsert dasturi namoyish etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤3🔥1👏1
#targʻibot #unesco #ta’lim #turizm

Ummon Sultonligida “Buxoro madaniyati kechasi” nomli ilmiy-madaniy dastur tashkil etildi

Samarqand shahrida 2025-yil bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan Buxoro davlat davlat universiteti, Buxoro viloyati hokimligi, O'zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat bo'linmasi tomonidan O'zbekiston Elchixonasi bilan hamkorlikda Maskat universitetida “Buxoro sadolari: madaniyat kuni” nomli ilmiy-madaniy tadbir o‘tkazildi.

Maskat universitetida yurtimizning milliy hunarmandchiligi, miniatyura san’ati kabi madaniy elementlari ko‘rgazmasi o'tkazilib, "Buxoro burchagi" tashkil etildi.

Bundan tashqari, Maskat universiteti hamda Buxoro davlat universiteti mutasaddilari talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, ilmiy, turizm va iqtisodiyot sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤3🔥3
Attestatsiya sinovidan ozod etilgan oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari pedagoglari

Vazirlar Mahkamasining 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 36-bandida oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet tili fani oʻqituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyaning oʻquv fani boʻyicha malaka sinovida maksimal 80 ball berilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan imtiyoz qoʻllaniladigan sertifikatlarga ega oʻqituvchilar roʻyxati eʼlon qilinmoqda.

Ro‘yxat yuqorida👆

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Hurmatli fan, ta’lim va innovatsion rivojlanish sohasi mutaxassislari!


Zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitida dolzarb terminologiyani puxta bilish kasbiy tayyorgarlik va samarali ilmiy muloqotning ajralmas qismiga aylanmoqda.

Shu maqsadda @InnoPage Telegram-kanali ishga tushirilgan bo‘lib, u ilmiy hamjamiyat, pedagoglar, tadqiqotchilar va boshqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan axborot manbayidir.

📘 Kanalda har kuni quyidagilar e’lon qilinadi:
▪️ Ilm, texnologiya, raqamli transformatsiya va innovatsion rivojlanishga oid yangi terminlar;
▪️ Qisqa, aniq va tushunarli izohlar;
▪️ Terminlarning qo‘llanish doirasi va kasbiy faoliyatdagi ahamiyati.

🎯 Kanal kimlar uchun foydali:
▪️ Talabalar, magistrantlar, doktorantlar;
▪️ O‘qituvchilar va ilmiy xodimlar;
▪️ OTMlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, texnoparklar hamda tegishli vazirlik va agentliklar xodimlari.

🧠 Har kuni bitta atama — kasbiy ishonch va zamonaviy bilim sari muhim qadam.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🎉264❤256👍256🔥224
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🛑 Jinoyat – bu qahramonlik emas. U orzularni so‘ndiradi, umidlarni yo‘q qiladi. Yoshligingizni yo‘qotmang!

👥 Toshkent tibbiyot akademiyasi Chirchiq filiali talabalari tomonidan tayyorlangan ushbu videorolik — bu shunchaki ogohlantirish emas, balki chuqur mulohaza, yurakdan chiqqan chaqiriqdir. Hayotda har bir qadam, har bir tanlov bizni kelajak sari yo‘l ochishi yoki aksincha, yo‘limizni to‘sishi mumkin.

🎬 Tomosha qiling, fikr bildiring, do‘stlaringiz bilan ulashing – ehtimol, kimningdir hayotini o‘zgartirarsiz!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤4🔥2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tyutorning_bir_kuni

Tyutorlik – bu shunchaki lavozim emas, bu yurakdan tanlangan yo‘l. Bir kun, ming mas’uliyat!


📹 HD formatda ko‘rish 👉 https://youtu.be/C-_FBSSoPAg

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍41😁9🔥4🤩1
#Inklyuziv_ta’lim

“Mehrli maktab” va Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti: ezgulik yoʻlidagi hamkorlik

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti bilan gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya kabi yoʻnalishlar boʻyicha uzoq muddatli davolanishda boʻlgan bolalar uchun tashkil etilgan “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi oʻrtasida insonparvarlik va kasbiy amaliyotni uygʻunlashtiruvchi muhim hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.

Ushbu hamkorlik doirasida institut talabalari endilikda oʻz pedagogik amaliyotlarini “Mehrli maktab”da oʻtash imkoniyatiga ega boʻladi. Bu ularning malakasini oshirish, ijtimoiy masʼuliyatni his etgan holda haqiqiy kasbiy tajriba orttirishlariga zamin yaratadi.

Institut rektori, professor Shahzoda Negmatova maktabdagi taʼlim va tarbiya jarayonlari bilan tanishar ekan, bolalarning bilim olishga boʻlgan ishtiyoqi, ochiqligi va mehr bilan qamrab olingan muhitni alohida eʼtirof etdi. Institut talabalari tomonidan tayyorlangan esdalik sovgʻalari esa bolalar uchun iliq tuygʻular, esda qolarli onlar baxsh etdi.

Mazkur tashabbus orqali samarali taʼlimiy almashinuv, mehr, gʻamxoʻrlik va inklyuziv pedagogika tamoyillariga asoslangan chuqur amaliy hamkorlik boshlanganini anglash mumkin. Bu esa kelgusida “Gospital pedagogikasi” yoʻnalishini yanada rivojlantirishga turtki boʻladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤3🔥3