Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Inklyuziv_ta’lim

“Mehrli maktab” va Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti: ezgulik yoʻlidagi hamkorlik

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti bilan gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya kabi yoʻnalishlar boʻyicha uzoq muddatli davolanishda boʻlgan bolalar uchun tashkil etilgan “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi oʻrtasida insonparvarlik va kasbiy amaliyotni uygʻunlashtiruvchi muhim hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.

Ushbu hamkorlik doirasida institut talabalari endilikda oʻz pedagogik amaliyotlarini “Mehrli maktab”da oʻtash imkoniyatiga ega boʻladi. Bu ularning malakasini oshirish, ijtimoiy masʼuliyatni his etgan holda haqiqiy kasbiy tajriba orttirishlariga zamin yaratadi.

Institut rektori, professor Shahzoda Negmatova maktabdagi taʼlim va tarbiya jarayonlari bilan tanishar ekan, bolalarning bilim olishga boʻlgan ishtiyoqi, ochiqligi va mehr bilan qamrab olingan muhitni alohida eʼtirof etdi. Institut talabalari tomonidan tayyorlangan esdalik sovgʻalari esa bolalar uchun iliq tuygʻular, esda qolarli onlar baxsh etdi.

Mazkur tashabbus orqali samarali taʼlimiy almashinuv, mehr, gʻamxoʻrlik va inklyuziv pedagogika tamoyillariga asoslangan chuqur amaliy hamkorlik boshlanganini anglash mumkin. Bu esa kelgusida “Gospital pedagogikasi” yoʻnalishini yanada rivojlantirishga turtki boʻladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤3🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kelajak_muhandislari #3D_modellashtirish

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida boʻlib oʻtgan 3D modellashtirish va hakaton musobaqalari jarayonlaridan videolavha

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤4🔥4🎉2😁1
#kelajak_muhandislari

Toshkent shahrida birinchi “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali yakunlandi

Toshkent shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali yoshlar, muhandislar va ixtisoslashgan mutaxassislar uchun haqiqiy tantanaga aylandi. Festival doirasida yoshlar tomonidan yaratilgan zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va muhandislik ishlanmalari namoyish etildi.

Festivalda umumiy hisobda 5000 nafardan ziyod yoshlar, 10 dan ziyod xorijlik ekspertlar, 25 tadan ortiq oliy taʼlim muassasalari hamda turli sohalar vakillari qatnashdi. Dastur doirasida 11 turdagi musobaqalar, 10 ga yaqin mavzuda seminar-treninglar va hakatonlar tashkil etildi.

Festivalning yopilish marosimida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi direktori Adham Xudoyqulov, Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov, Yoshlar ishlari agentligi direktor oʻrinbosari Feruz Ablayarov, Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati boshqaruv raisi maslahatchisi Shavkat Nabiyev yosh muhandislarni muborakbod etib, talovlar gʻoliblariga mukofotlar, esdalik sovgʻalarini topshirdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/46561

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤3