Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#e’lon #kasbiy_taʼlim

Navbahor tuman 2-son politexnikumi oʻqishga taklif etadi!

Politexnikumda endi xalqaro taʼlim dasturlari asosida darslar tashkil etilmoqda.

Xalqaro taʼlim dasturi yo'nalishlari:
⚙️-Eektromontyor;
🔩-Metallarga ishlov berish;
🖥-Kompyuter grafikasi;
⛓️-Payvandlovchi
.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#forum

Xorazmda “Sog‘lom inson – sog‘lom millat – Urganch 2025” forumi bo‘lib o‘tdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” g‘oyasini keng targ‘ib qilish maqsadida 11–13 aprel kunlari Xorazm viloyatida yirik forum tashkil etildi. Tadbirda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallaridan 700 dan ortiq talaba, professor-o‘qituvchi hamda xodimlar ishtirok etdi.

Forum doirasida sport musobaqalari (futbol, suzish, voleybol, qumdagi voleybol, stol tennisi, yengil atletika, shaxmat, paralimpiya sport turlari), intellektual bellashuvlar, “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi, karaoke batl, “Ochiq muloqot” formatidagi uchrashuvlar tashkil etildi.

Ichki turizmni rivojlantirish va tarixiy meros bilan tanishish maqsadida ishtirokchilar “Jamoa bilan safar – hamjihatlik va ruhiy yuksalish sari yo‘l!” shiori ostida Xiva shahridagi “Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi hamda “Arda Xiva” turizm majmuasiga tashrif buyurdi.

Ushbu forum yoshlar salomatligi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va milliy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosatining amaliy ifodasi bo‘ldi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18🔥4❤3👏2
#live

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Vazir kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda


Ayni paytda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida sport an’analarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jamoaviylik ruhini rivojlantirish maqsadida departament, boshqarma va bo‘limlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi o‘tkazilmoqda.

Mazkur musobaqada vazirlik markaziy apparatining barcha tarkibiy bo‘linmalari faol ishtirok etmoqda. Har bir jamoa maydonda yuqori kayfiyat, jamoaviy harakat va sportga bo‘lgan katta ishtiyoq bilan harakat qilmoqda. O‘yinlar qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tmoqda, bu esa nafaqat ishtirokchilar, balki tomoshabinlar uchun ham yuqori kayfiyat ulashmoqda.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoaga faxriy yorliq, esdalik sovg‘alari va, albatta, “Vazir kubogi” topshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤4👏1
#talaba_yugur

“Talaba – yugur” marafoni Namanganda!

Namangan viloyati Davlatobod tumanida “Sogʻlom hayot va farovon kelajak uchun” shiori ostida “Talaba yugur” marafoni boʻlib oʻtdi. Unda butun viloyat tashkilotlari, oliy va kasbiy ta’lim muassasalari jamoalalari – professor-oʻqituvchilar, tyutorlari va talabalar bir safda turib, faol ishtirok etdi.

Yoshlik, birdamlik bayramiga aylangan musobaqada viloyatdagi oliy ta'lim muassasalridan jami 3485 nafar, texnikumlardan 1000 dan ortiq, boshqa tarmoq va tashkikotlardan esa 4500 ga yaqin kishi ishtirok etib, 3 kilometrlik masofani bosib o'tishdi.

Marafon yakunida eng faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11😁6🔥1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔸 Ingliz tili hamda arab tilini bilish darajangizni xalqaro darajada tasdiqlovchi iTEP va Attanal Alarabi imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

📚 Umumta’lim fanlaridan milliy test tizimi hamda chet tillari bo‘yicha repetitsion (diagnostik) test sinovlari uchun ro‘yxatga olish boshlandi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥2❤1