Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#live

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Vazir kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda


Ayni paytda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida sport an’analarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jamoaviylik ruhini rivojlantirish maqsadida departament, boshqarma va bo‘limlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi o‘tkazilmoqda.

Mazkur musobaqada vazirlik markaziy apparatining barcha tarkibiy bo‘linmalari faol ishtirok etmoqda. Har bir jamoa maydonda yuqori kayfiyat, jamoaviy harakat va sportga bo‘lgan katta ishtiyoq bilan harakat qilmoqda. O‘yinlar qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tmoqda, bu esa nafaqat ishtirokchilar, balki tomoshabinlar uchun ham yuqori kayfiyat ulashmoqda.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoaga faxriy yorliq, esdalik sovg‘alari va, albatta, “Vazir kubogi” topshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤4👏1
#talaba_yugur

“Talaba – yugur” marafoni Namanganda!

Namangan viloyati Davlatobod tumanida “Sogʻlom hayot va farovon kelajak uchun” shiori ostida “Talaba yugur” marafoni boʻlib oʻtdi. Unda butun viloyat tashkilotlari, oliy va kasbiy ta’lim muassasalari jamoalalari – professor-oʻqituvchilar, tyutorlari va talabalar bir safda turib, faol ishtirok etdi.

Yoshlik, birdamlik bayramiga aylangan musobaqada viloyatdagi oliy ta'lim muassasalridan jami 3485 nafar, texnikumlardan 1000 dan ortiq, boshqa tarmoq va tashkikotlardan esa 4500 ga yaqin kishi ishtirok etib, 3 kilometrlik masofani bosib o'tishdi.

Marafon yakunida eng faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11😁6🔥1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔸 Ingliz tili hamda arab tilini bilish darajangizni xalqaro darajada tasdiqlovchi iTEP va Attanal Alarabi imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

📚 Umumta’lim fanlaridan milliy test tizimi hamda chet tillari bo‘yicha repetitsion (diagnostik) test sinovlari uchun ro‘yxatga olish boshlandi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥2❤1
#seminar

“Study in Uzbekistan”: Buxoroda xalqaro taʼlim boʻyicha yirik seminar oʻtkazildi

18-aprel kuni Buxoro shahridagi Wyndham Bukhara Hotel mehmonxonasida “Study in Uzbekistan” elektron axborot tizimi boʻyicha amaliy seminar tashkil etildi. Tadbir Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Osiyo xalqaro universiteti hamkorligida oʻtkazildi.

Seminarda mamlakatimizning 200 ga yaqin oliy taʼlim muassasalarining xalqaro aloqalar boʻyicha prorektorlari va boʻlim rahbarlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari hamda xorijiy talabalarga xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar ishtirok etdi.

Tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi departamenti boshligʻi Abduvali Xoliqov ochib berdi. Shuningdek, Oliy taʼlimni rivojlantirish markazi direktor oʻrinbosari Muzaffar Esanov “Study in Uzbekistan” tizimi imkoniyatlari yuzasidan taqdimot oʻtkazdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/46735

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤6🥰3🔥2👏1