Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#muhandislik_oyligi #ilmiy_anjuman

“Muhandislik oyligi” doirasida ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi

17-aprel kuni “Muhandislik oyligi” doirasida Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti tomonidan «INNO» innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki bilan hamkorlikda “Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va innovatsion muhandislik yechimlari: zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.

Anjumanni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nodir Jumayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov ochib berdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/46815

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥3🤔2❤1😁1
#vazir

Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi raisi etib saylandi


Toshkent shahrida Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiyada Assotsiatsiya raisi etib Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov saylandi.

Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi 2018-yilda tashkil etilgan boʻlib, uning asosiy maqsadi — talabalar, oʻqituvchilar va oliygoh xodimlari oʻrtasida sportni ommalashtirish, yuksak mahoratli sportchilar zaxirasini shakllantirish va sport infratuzilmasini takomillashtirishdan iborat.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/46733

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24🔥3😁3❤2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#amaliy_seminar #videolavha

“Study in Uzbekistan” elektron axborot tizimi bo‘yicha amaliy seminari ishtirokchilarining Osiyo xalqaro universitetiga tashrifi va Buxoro shahrining tarixiy joylariga sayohati jarayonlaridan videolavha

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20👏7❤6🔥3🤩3
⚡️ Huquq ta'limi kanali — huquqshunoslik fanlari o'qituvchilari hamda huquq sohasidagi bilimlarni o'zlashtirishga qiziquvchilar uchun kerakli platforma.

✅ Kanaldagi turli o'quv materiallaridan o'qituvchilar darslarda foydalanishi, shuningdek, o'quvchilar esa o'z bilimlarini kengaytirishi va mustahkamlashi mumkin.

📕 Kanalda quyidagilarni topish mumkin:

▪️Video darslar;
▪️Taqdimotlar;
▪️Testlar;
▪️Infografikalar.

📢 Bundan tashqari kanaldan foydalanish orqali huquq ta'limiga oid eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍2
#Loyiha #Raqamlashtirish

Chiqindi tashish tizimini raqamlashtirish bo‘yicha yangi loyiha


Namangan davlat universitetidagi “Innovatsion klub” aʼzosi, fizika yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Sevinch Tursunaliyeva ilmiy rahbari Ulugʻbek Turdaliyev boshchiligida “Maishiy chiqindilarni yigʻish va olib chiqib ketish tizimini raqamlashtirish” loyihasini ishlab chiqdi.

Loyiha lazer detektorlari orqali chiqindi idishlarining toʻlish darajasini aniqlash va bu haqda markaziy serverga maʼlumot joʻnatishni koʻzda tutadi. Bu bilan tashish korxonalarini raqamli asosda boshqarish imkoniyati yuzaga keladi.

NamDU ixtirochilari yaratgan yangi loyiha amalga oshirilishi natijasida nafaqat resurslardan samarali foydalaniladi, balki aholi zich joylashgan hududlarda chiqindilar uzoq vaqt toʻplanib qolishi, natijada atmosfera havosining ifloslanishi, noxush hidlar va turli bakteriyalar tarqalishining oldi olinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16👏4🥰3❤2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#vazir_kubogi #videolavha

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida boʻlib oʻtgan “Vazir kubogi” musobaqasidan

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28🔥5❤3👏3
#xalqaro_hamkorlik #kasbiy_taʼlim
#Oʻzbekiston_Xitoy

O‘zbekiston va Xitoy tibbiyot kasbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yil 14–19-aprel kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari, shuningdek, Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi rahbarlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrif uyushtirdi. Safar doirasida delegatsiya Chongqing va Anhu shaharlaridagi yetakchi tibbiyot ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/46882

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤1🔥1