Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Farg‘ona viloyatida “Dual ta’limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona viloyatidagi kasbiy ta’lim tashkilotlari, ish beruvchi korxona va muassasalar mas’ullari ishtirokida “Dual ta’limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

Forumda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Fargʻona viloyati hududuy boshqamasi boshligʻi Toʻychiboy Boymatov, Germaniya xalqaro tashkiloti (GIZ) loyihasi eksperti Kristian Xiris, viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.

“Dual ta’limda Germaniya tajribasi”, “Dual ta’limni tashkil etishda korxonalarning o‘rni”, “Xususiy sektordagi ish beruvchilar hamda ta’lim muassasalari integratsiyasi”, “Farg‘ona viloyatida dual ta’limni tashkil etish imkoniyatlari” kabi mavzulardagi chiqishlar qizg‘in savol-javob hamda bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.

Ish beruvchi korxonalar hamda kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari tomonidan dual ta’limni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar, tashabbus va loyihalar ilgari surildi. Tizimda yuz ko‘rsatayotgan muammo va kamchiliklar tahlil qilindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23🔥2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
San’at va ilm uchrashuvi: xalqaro anjuman

Namangan davlat universitetida «G‘urumsaroy an’anaviy kulolchilik maktabi qadimiy an’analarini qayta tiklash va badiiy kulolchilik ta’lim yo‘nalishida yuqori malakali kadrlar tayyorlash istiqbollari» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12🔥10❤1🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅✅✅

🗣Barcha mutolaa va kitob ixlosmandlari diqqatiga!

📕Aynan sizlar uchun 21-27-aprel kunlari yurtimiz bo‘ylab “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilmoqda.

☑️Haftalik doirasida sizni –

🟢Kitobxonlikni keng targ‘ib etishga qaratilgan turli loyihalar;
🟢Yangi nashr etilgan kitoblar taqdimotlari;
🟢Sohadagi dolzarb muammolarni muhokama qilishga qaratilgan seminarlar kutmoqda.

☑️Haftalik doirasida 25-26-aprel kunlari “Parkent ijod uyi”da bolalar va o‘smirlar adabiyotini rivojlantirishga bag‘ishlangan “Noshirlar va bolalar ijodkorlarining hamkorligi” mavzusida seminarlar bo‘lib o‘tadi.

☑️Shuningdek, 25-27-aprel kunlari Toshkent shahridagi “Dream Park” istirohat bog‘ida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi madaniyat va istirohat bog‘larida “Noshirdan kitobxonga” tamoyili asosida kitob savdo yarmarkalari o‘tkaziladi.

➡️ “Kitobxonlik haftaligi” dasturi bilan quyidagi havolada tanishing:
➡️ https://teletype.in/@aoka/06_HSwLz5Pw

Aziz kitobsevarlar! Barchangizni haftalik tadbirlarda faol ishtirok etishga chaqiramiz! Kitobga bo‘lgan muhabbatni yanada yuksaltirishga birgalikda hissa qo‘shaylik!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤5🔥2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_rolik

❗️O‘Z HAYOTINGNI - O‘ZING BARBOD QILMA!

☝️Unutma, 📚bilim olish, 💸 halol pul topish bularning hammasi farovon kelajagimiz poydevoridir!

©️Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤3😁2🤔2
#xalqaro_hamkorlik

O'zbekiston-Eron: oliy ta'lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi

Shu kunlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev
boshchiligidagi delegatsiya Eron Islom Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasidagi ilk uchrashuv — Eron Islom Respublikasi Fan, tadqiqotlar va texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Farhod Yaznandust bilan rasmiy muzokaralar tarzida o‘tdi. Unda ikki tomon vakillari talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ikki diplomli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, universitetlar o‘rtasida Universiada va boshqa sport tadbirlari, rektorlar forumini tashkil etish hamda strategik yo‘nalishlarda olimlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashishdi.

Muloqot yakunida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni samarali tashkil etish maqsadida yo‘l xaritasini ishlab chiqish va imzolash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Keyingi manzil – Sharif texnologiyalar universiteti (SUT)da Sh.Daliyev hamda oliygoh prezidenti Seyed Abbas Musavi ishtirokida o‘tgan uchrashuvda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida 2+2 va 1+1 formatlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish masalasi muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21🔥3❤1😁1