#tashabbus
#rektor_talabalar
“Men ham rektor bo‘laman” — talabalar rektor ish stolida
Navoiy davlat universiteti rektori Muhiddin Kalonov yaqinda universitet yotoqxonasida talabalar bilan bir kechani o‘tkazgan edi. Ana shu iliq uchrashuv davomida u talabalarni o‘z ish kabinetida suhbat qurishga taklif etishga va’da bergandi. Oradan ko‘p o‘tmay, rektor o‘z so‘zida turdi va talabalarni ish kabinetida mehmon qildi.
Uchrashuv rasmiyatchilikdan yiroq, samimiy va do‘stona muhitda o‘tdi. Talabalar rektor kursisida o‘tirib, o‘zlarini yetakchi sifatida tasavvur qilishdi, boshqaruv, ta’lim jarayonlari va talabalik hayotiga oid o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.
Muloqot davomida dasturxon atrofida suhbatlar yanada iliqlashdi. Muhiddin Kalonov o‘zining hayotiy tajribalari, boshqaruvdagi yo‘l-yo‘riqlari, muvaffaqiyat va muammolarga qanday yondashgani haqida so‘zlab, yoshlarga motivatsiya berdi va ularni faol, tashabbuskor bo‘lishga chorladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

“Rektor bilan bir stolda o‘tirish — bu katta e’tibor va ishonch. Biz bunga loyiq bo‘lishga harakat qilamiz,” — deydi talabalar.
Muloqot davomida dasturxon atrofida suhbatlar yanada iliqlashdi. Muhiddin Kalonov o‘zining hayotiy tajribalari, boshqaruvdagi yo‘l-yo‘riqlari, muvaffaqiyat va muammolarga qanday yondashgani haqida so‘zlab, yoshlarga motivatsiya berdi va ularni faol, tashabbuskor bo‘lishga chorladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍28😁9❤2🔥1
#ilmiy_anjuman
#akademik_Alimov_80
Ilm yoʻlida ibrat – akademik Alimov yubileyiga bagʻishlangan anjuman o‘tkazildi
Bugun, 22-aprel kuni Oʻzbekiston milliy universitetida taniqli matematik olim, akademik Shavkat Alimovning 80 yillik yubileyiga bagʻishlangan “Matematik fizikaning zamonaviy usullari va ularning qoʻllanilishi” mavzusida respublika ilmiy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qongʻirotboy Sharipov ochib berdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/47337

“Akademik Shavkat Alimovning hayoti va faoliyati – xalqimiz maʼnaviyati hamda ilm-fan ravnaqiga bagʻishlangan, samarali mehnat bilan qadr topgan sharafli yoʻldir. Uning ilmiy izlanishlari nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon ilm-faniga ham munosib hissa qoʻshgan,” – deya taʼkidladi vazir oʻz nutqida.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/47337
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍26🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kasbiy_taʼlim #oshpazlik_qandolatchilik
Tanishing, Akbar G‘afurov – muvaffaqiyat sari oshgan yurtdoshimiz!
Bugungi kunda u o‘zidan keyingi avlod — bo‘lajak oshpazlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, tajribasi va maslahatlari bilan o‘rtoqlashmoqda. Akbar yoshlar uchun ilhom manbayi bo‘lib, har qanday orzu va maqsadga faqat ilm, mehnat, sabr va qat’iyat bilan erishish mumkinligini amalda isbotlamoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Tanishing, Akbar G‘afurov – muvaffaqiyat sari oshgan yurtdoshimiz!
Akbar G‘afurov – Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi bitiruvchisi. U o‘z kasbiga bo‘lgan mehri, tinimsiz izlanishlari va mehnatsevarligi bilan bugungi kunda Yevropaning nufuzli restoranlaridan biri — “Oliy oshxona”ning katta oshpazi.
Bugungi kunda u o‘zidan keyingi avlod — bo‘lajak oshpazlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, tajribasi va maslahatlari bilan o‘rtoqlashmoqda. Akbar yoshlar uchun ilhom manbayi bo‘lib, har qanday orzu va maqsadga faqat ilm, mehnat, sabr va qat’iyat bilan erishish mumkinligini amalda isbotlamoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
✅ ✅ ✅ ✅ ✅ ✅
📣 Pivot-RP platformasi bo‘yicha amaliy seminar-treningga taklif etamiz!
📌 2025-yil 23-aprel kuni Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan “Pivot-RP xalqaro ilmiy grantlar bazasidan samarali foydalanish” mavzusida seminar-trening tashkil etiladi.
Sana: 23.04.2025.
Vaqti: 11:30.
Manzil: Innovatsion rivojlanish agentligi (Universitet ko’chasi, 7)
✅ Ro‘yxatdan o‘tish uchun
Batafsil ma'lumot uchun: @csti_murojaat_bot
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Sana: 23.04.2025.
Vaqti: 11:30.
Manzil: Innovatsion rivojlanish agentligi (Universitet ko’chasi, 7)
Batafsil ma'lumot uchun: @csti_murojaat_bot
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
Raqamli ta’lim resurslari tarkibi amalda o‘qitilayotgan fan (modul), o‘quv amaliyotlarining namunaviy o‘quv dasturidagi mavzular asosida umumkasbiy va maxsus fanlari mavzulari 2 soatga bo‘lingan holda, o‘quv amaliyotlari 6 soatga bo‘lingan holda ishlab chiqiladi.
Mavzular bo‘yicha quyidagilardan iborat bo‘lgan mavzular to‘plami;✅ Mavzular to‘plami;✅ Fanning ta’lim texnologiyalari;✅ Media (audio, video va animatsion) materiallar;✅ Vizual-didaktik resurslar;✅ Taqdimot materiallari;✅ Glossariy (atamalar lug‘ati);✅ Baholash vositalari (nazorat savollari, amaliy topshiriqlar, test materiallari, mashqlar, masalalar to‘plami va boshqalar).
🤝 Hamkorlikda ishlab chiqilgan va respublika bosqichida qatnashib, g‘olib bo‘lgan hammualliflarning har biriga tegishli darajadagi diplom beriladi, g‘olib o‘rin uchun belgilangan pul mukofoti ular o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Sohalar bo‘yicha tanlovning respublika bosqichida qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallamagan keyingi 3 ta o‘rindagi ishtirokchilar vazirlikning “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlanadi.
Qo‘shimcha ma’lumot
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤3🔥1
#Xotin_qizlar
Xotin-qizlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish masalasi muhokama qilindi
2025-yilda 250 ming nafar xotin-qizni oliy taʼlim bilan qamrab olish maqsadida joriy yil 22-aprel kuni videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zulayho Mahkamova raislik qildi.
Yigʻilishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rahbariyati, mahalliy hokimliklar, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼullar, taʼlim sohasidagi mutaxassislar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Xotin-qizlarni oliy taʼlimga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi ustuvor vazifalar va rejalar muhokama qilindi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov yigʻilish ishtirokchilariga Prezident rahbarligida olib borilayotgan davlat siyosati doirasida xotin-qizlarning taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan islohotlar yuzasidan batafsil maʼlumot berdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/47475

👍17🔥1