Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_forum

Varshavada O‘zbekiston va Polsha rektorlarining II forumi o‘tkazilmoqda

Ayni paytda Polshaning poytaxti Varshava shahridagi nufuzli Varshava universitetida O‘zbekiston va Polsha oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli tadbirda ikki davlatning oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasiga mas’ul vazirlik va idoralari, shuningdek, yetakchi universitetlarining 80 dan ortiq vakillari ishtirok etmoqda.

Forum ishiga O‘zbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamda Polsha fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Andjey Sheptitskiy kirish so‘zlari bilan start berishdi. Ular o‘z nutqlarida ikki mamlakat o‘rtasidagi oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotganini ta’kidlab, bugungi forum aynan bu yo‘nalishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini qayd etishdi.

Forum davomida akademik almashinuv va qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, ikki diplomli dasturlar hamda talaba-o‘qituvchilar almashinuvi, stajirovkalar va yozgi maktablar tashkil etish, shuningdek, Polshaning yerik kompaniyalarida o‘zbekistonlik talabalarning pul to‘lanadigan amaliyotga jalb qilish hamda Erasmus+, Horizon Europe kabi xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/47950

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21🔥3❤1🎉1
#Vazir_yoshlar_uchrashuvi

TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida “Vazir va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi


23-aprel kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetida “Vazir va yoshlar uchrashuvi” – Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov talabalar va yosh olimlar oʻrtasida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

Tadbirda vazir mamlakatimizda oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, ilmiy salohiyatli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar, innovatsion gʻoyalarni amalga oshirish uchun yaratilayotgan sharoitlar xususida batafsil maʼlumot berdi. Yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni startap va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish masalalari uchrashuv markazida boʻldi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/48147

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19🔥3🥰2🤩1
#olimpiada

Toshkentda “Imkoniyatlar olimpiadasi” kasblar bellashuvi boʻlib oʻtmoqda

Mazkur tanlov doirasida qatnashchilar fotografiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), mobilografiya, tasviriy sanʼat, kashtachilik, kulolchilik, qandolatchilik, tornachilik, duradgorlik va quruq qurilish ishlari kabi 10 ta yoʻnalishda oʻz mahoratlarini sinab koʻrishmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/48145

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤3🔥2