Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#olimpiada

Toshkentda “Imkoniyatlar olimpiadasi” kasblar bellashuvi boʻlib oʻtmoqda

Mazkur tanlov doirasida qatnashchilar fotografiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), mobilografiya, tasviriy sanʼat, kashtachilik, kulolchilik, qandolatchilik, tornachilik, duradgorlik va quruq qurilish ishlari kabi 10 ta yoʻnalishda oʻz mahoratlarini sinab koʻrishmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/48145

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤3🔥2
#Qonunchilik_yangiliklari

Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi


“Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-149-son, 22.04.2025-y.) qabul qilindi.

🗣Qarorga ko‘ra:

➖Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi;

➖Toshkent tibbiyot akademiyasining markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi negizida Tibbiyot ilmiy-innovatsion tadqiqot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

➖Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etiladi;

➖Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinikalari etib qayta nomlanadi;

➖Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz va Chirchiq filiallari Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz va Chirchiq filiallari etib qayta nomlanadi;

➖Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi va Toshkent davlat stomatologiya instituti akademik litseyi Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-, 2- va 3-son akademik litseylari etib qayta nomlanadi.

✔️ Ta’lim dasturlarini xalqaro tibbiy ta’lim standartlariga muvofiqlashtirib, kompetensiyalarga asoslangan tibbiy ta’lim dasturlarini joriy etish Universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤4😁4🔥2
#muhandislik_oyligi #press_tur

"Muhandislik oyligi" doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida press-tur oʻtkazildi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2025-yil 23-aprel kuni press-tur tashkil etildi. Tadbir davomida OAV vakillari universitetda muhandislik yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar, talabalar tomonidan bajarilgan innovatsion loyihalar va ularning ilmiy-amaliy ishlanmalari bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, talabalarning amaliyot oʻtashi uchun ajratilgan qurilish obyektlariga tashrif uyushtirilib, u yerda boʻlajak mutaxassislar qanday real loyihalarda ishtirok etayotgani, kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirayotgani namoyish etildi. Oʻz sohasida muvaffaqiyatga erishgan, qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan bitiruvchi talabalar bilan ham ochiq muloqot tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/48152

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13🔥2❤1😱1🤩1