Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#muhandislik_oyligi #press_tur

"Muhandislik oyligi" doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida press-tur oʻtkazildi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2025-yil 23-aprel kuni press-tur tashkil etildi. Tadbir davomida OAV vakillari universitetda muhandislik yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar, talabalar tomonidan bajarilgan innovatsion loyihalar va ularning ilmiy-amaliy ishlanmalari bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, talabalarning amaliyot oʻtashi uchun ajratilgan qurilish obyektlariga tashrif uyushtirilib, u yerda boʻlajak mutaxassislar qanday real loyihalarda ishtirok etayotgani, kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirayotgani namoyish etildi. Oʻz sohasida muvaffaqiyatga erishgan, qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan bitiruvchi talabalar bilan ham ochiq muloqot tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/48152

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13🔥2❤1😱1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#innovatsiya #ishlanma
#muhandislik_oyligi

⚡️Bu kafellarni bossangiz ham tok chiqaradi ham kislorod!

Tasavvur qiling, oddiygina kafelni bossangiz:
✔️ Tok ishlab chiqariladi
✔️ Kislorod ajraladi
✔️ Vodoroddan esa bioyoqilg‘i tayyor bo‘ladi!

Bu — oddiy g‘oya emas, bu kelajak energiyasi!

“Kelajak muhandislari” festivali doirasida Islom Karimov nomidagi texnika universiteti,
O‘zbekiston Milliy universiteti,
hamda Prezident maktabining iqtidorli talabalari va ustozlari birlashib
yaratgan ajoyib innovatsion qurilma bu.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28😱2🔥1🤔1🤩1
#Xalqaro_reyting #natija

⚡️Osiyoning 2025-yilgi eng yaxshi universitetlari reytingi e’lon qilindi


🌐 Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan Osiyo universitetlarining 2025-yil uchun reyting natijalari THE Asia University Rankings – 2025 e’lon qilindi. Ushbu reyting har yili Osiyo davlatlaridagi oliy ta’lim muassasalarini quyidagi mezonlar asosida baholaydi:

🔸 ilmiy tadqiqot ishlari sifati va samaradorligi;
🔹 ta’lim sifati;
♦️ xalqaro xilma-xillik (talaba va professor-o‘qituvchilarning global miqyosdagi faolligi);
🔹 ilmiy maqolalar iqtibosligi;
🔹 sanoat bilan hamkorlikdan olingan daromad (ya’ni bilimlar almashinuvi va innovatsion faoliyat).

ℹ️ Shu orqali reyting nafaqat universitetlarning ilmiy salohiyatini, balki ularning mintaqaviy va global darajadagi ta’sir kuchini ham namoyon etadi.

📈Joriy yilda e’lon qilingan ushbu nufuzli reytingda O‘zbekistonning 3 ta universiteti ilk bor yuqori o‘rinlarni egallab, xalqaro miqyosda e’tirof etildi.

🏛 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti — 201–250-o‘rinlar;
🏛 O‘zbekiston milliy universiteti — 501–600-o‘rinlar;
🏛 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 601+ o‘rinlarda qayd etildi.

⭐️ Reytingning yana bir muhim jihati shundaki, ushbu baholashda qatnashish uchun oliygohlar THE agentligi tomonidan ishlab chiqilgan qat’iy mezonlarga javob berishi lozim. Xususan, talabgor universitetlar so‘nggi besh yillik faoliyati davomida innovatsion yondashuvlar, ilmiy natijalar, xalqaro hamkorliklar va barqaror rivojlanish bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishgan holda dunyo universitetlari orasida TOP-1000+ ro‘yxatiga kirgan bo‘lishi kerak.

✔️ Bu natija O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan ijobiy islohotlar va o‘zgarishlarning samarali natijasi ekanini ko‘rsatadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37👏5🔥3❤1
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekistonda Oʻzbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi: Fransiya elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi


2025-yil 23-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Fransiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Orianna Bushez oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda ikki davlat hamkorligida tashkil etiladigan Oʻzbek-Fransuz universitetiga oid masalalar muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/48159

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13😱3🔥1
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi “Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-149-son, 22.04.2025-y.) qabul qilindi. 🗣Qarorga…
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️Bitiruvchi kurs talabalariga universitet diplomi beriladi


⚡️ Qarorga ko‘ra, universitet tibbiyot sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

🗓 2025/2026 o‘quv yilidan magistraturada bosqichma-bosqich xorijiy tillarda o‘qitiladigan alohida guruhlar tashkil etadi.

🏢 Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalari universitet talabalari uchun klinik amaliyot bazalari etib belgilanadi.

🎓 Universitetga talabalarni o‘qishga qabul qilish 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi.

📕 2025/2026 o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini universitetda davom ettiradi hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda universitet diplomi beriladi.

📁 Universitet tuzilmasida homiylik xayriyalari hisobidan to‘ldiriladigan Toshkent davlat tibbiyot universitetini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍8🔥3👏1