Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Vazir_yoshlar_uchrashuvi

Yoshlarga eʼtibor – kelajak sari ishonchli qadam


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov bir guruh yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda yoshlarning muammolari o'rganilib, ularni qiynayotgan masalalarni hal etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, yoshlarning qobiliyat va salohiyatini rivojlantirish, ularni zamonaviy kasb-hunar hamda chet tillariga oʻqitish, bandligini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/48162

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23👏2🔥1😁1😱1
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston-Polsha: oliy taʼlim va ilm-fan sohasida yangi hamkorlik imkoniyatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Polsha Respublikasi Fan va oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Andjey Sheptiskiy bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Tomonlar Stefan Banax, Ulam va Anders stipendiya dasturlari doirasidagi hamkorlikni kengaytirish, Varshava universitetida oʻzbek tili kafedrasini ochish, shuningdek, Oʻzbekistonda polyak tilini ommalashtirish maqsadida professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun NAWA dasturi doirasida malaka oshirish kurslarini tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/48298

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤4😁1🤔1😱1
#Inklyuziv_taʼlim
#Imkoniyatlar_olimpiadasi

“Imkoniyatlar olimpiadasi”ning uchinchi kuni


Olimpiada ishtirokchilari kashtachilik va kulolchilikdagi mahoratlari bilan barchani lol qoldirdilar.

🪡Kashtachilar “Gullardan guldasta” mavzusida o’z ijodiy mahoratlarini quyidagi yo’nalishlarda namoyish etishdi:
✔️ tikuv texnikasi;
☑️choklar solish sifati;
☑️ranglarni uyg’unlashtirib ishlash.

🏺Kulolchilik sanʼati vakillari mavhum shaklli buyumlardan tortib, aniq obyektlargacha bo‘lgan buyumlarni yaratdilar.

Baholashdagi asosiy mezonlar:
➡️ijodkorona yondashuv;
➡️kompozitsiya yaxlitligi;
↪️tuzilishi mustahkamligi;
↪️umumiy estetika.

Birinchi bosqich natijalariga ko‘ra har bir yo‘nalish bo‘yicha 8 nafar finalist aniqlandi. Ular 1-may kuni “O‘zekspomarkaz” pavilyonida Olimpiada finalida uchrashadilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥1🤩1