Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Italiya universitetlari oʻrtasida qator muhim kelishuvlarga erishildi


25-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovastiyadlar vazirligi tomonidan Samarqand shahrida tashkil etilgan “Oʻzbekiston va Italiya: hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusida davra suhbati doirasida Oʻzbekiston va Italiya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida qator muhim hujjatlar imzolandi.

– Toshkent shahridagi Geologiya fanlari universiteti va Piza universiteti oʻrtasida magistratura taʼlim yoʻnalishlarini kengaytirishga qaratilgan kelishuv;

– Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Venetsiyadagi Kaʼ Foskari universiteti oʻrtasida ikki diplomli taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlashga oid hamkorlik shartnomasi;

– Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Piza universiteti oʻrtasida qoʻshma tibbiyot fakultetini tashkil etish toʻgʻrisidagi kelishuv;

– Sharaf Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti va Trento universiteti oʻrtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yoʻnalishlarida doktorantura taʼlimi boʻyicha talabalar yuborish boʻyicha shartnoma;

– Samarqand davlat universiteti va Venetsiya Kaʼ Foskari universiteti oʻrtasida bio va nanotexnologiyalar sohasida ikki diplomli magistratura dasturini joriy etish boʻyicha kelishuv;

– Toshkent davlat yuridik universiteti va Roma Tre universiteti oʻrtasida ikki tomonlama diplom dasturlari asosida huquqshunos kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlik shartnomasi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/48969

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤2😁1🤔1😱1
#Lodz_tanishuv

Oʻzbekiston delegatsiyasi Lodz shahridagi oliy taʼlim tizimi tajribalari bilan tanishdi

Oʻzbekiston-Polsha rektorlari ikkinchi forumi doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Lodz shahrida joylashgan yetakchi oliy taʼlim muassasalari – Lodz universiteti, Lodz meditsina universiteti, Musiqa akademiyasi, Kino va televideniye milliy oliygohi hamda Nafis sanʼat va dizayn akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ushbu taʼlim maskanlari nafaqat Polshada, balki jahon miqyosida ham oʻz nufuziga ega.

Delegatsiya aʼzolari xalqaro talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, grant dasturlari, ilmiy markazlar hamda zamonaviy laboratoriyalarni koʻzdan kechirdilar. Taʼlim muassasalaridagi zamonaviy infratuzilma, innovatsion yondashuvlar, taʼlim va ilmiy izlanishlar uchun yaratilgan imkoniyatlar yuqori baholandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/48872

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤4
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi: taʼlim sohasidagi strategik hamkorlik yangi bosqichda


25-aprel kuni Toshkent shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov hamda Koreya Respublikasi Taʼlim vaziri oʻrinbosari O Sok Xvan oʻrtasida rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat oliy taʼlim, ilm-fan sohasidagi mavjud hamkorlik, amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/48997

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤1🔥1
#Kelajakka_qadam #maslahat_markazlari

🤩 UrDPIda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida maslahat markazlari tashkil etildi va ilk bitiruvchi-qaldirg‘ochlarga imtiyozli kreditlar ajratilmoqda

Bugungi kunda bitiruvchi talabalar “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bank bilan hamkorlikda biznes loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlarni qo‘lga kiritmoqdalar. Ushbu tashabbus oliy ta’lim tizimi bitiruvchilarining bandligi va raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Urganch davlat pedagogika institutida ham bitiruvchilarining bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Institutda tashkil etiltgan maslahat markazlaridan maqsad ham bitiruvchilarning mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, institut hamda bank o‘rtasida bevosita muloqot maydonini yaratish orqali bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlashdan iborat.

Ma’lumot uchun, “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida institut bitiruvchilarnining 42 nafari biznes loyihalarni amalga oshirishlari uchun ariza topshirganlar va institut tomonidan tavsiyanomalar berilgan, 17 nafar talaba doimiy ish joyi mavjudligi sababli ularning arizalari bank tomonidan rad etilgan.

Bugungi kunda institutda 20 ga yaqin talabaning loyihasi belgilannag talablarga asosan imtiyozli kredit ajratish uchun tavsiya etilgan hamda “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan umumiy hisobda 150 mlnga yaqin mablag‘ hisobida shartnomalar tuzilgan.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤4🔥2