Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Kelajakka_qadam #maslahat_markazlari

🤩 UrDPIda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida maslahat markazlari tashkil etildi va ilk bitiruvchi-qaldirg‘ochlarga imtiyozli kreditlar ajratilmoqda

Bugungi kunda bitiruvchi talabalar “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bank bilan hamkorlikda biznes loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlarni qo‘lga kiritmoqdalar. Ushbu tashabbus oliy ta’lim tizimi bitiruvchilarining bandligi va raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Urganch davlat pedagogika institutida ham bitiruvchilarining bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Institutda tashkil etiltgan maslahat markazlaridan maqsad ham bitiruvchilarning mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, institut hamda bank o‘rtasida bevosita muloqot maydonini yaratish orqali bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlashdan iborat.

Ma’lumot uchun, “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida institut bitiruvchilarnining 42 nafari biznes loyihalarni amalga oshirishlari uchun ariza topshirganlar va institut tomonidan tavsiyanomalar berilgan, 17 nafar talaba doimiy ish joyi mavjudligi sababli ularning arizalari bank tomonidan rad etilgan.

Bugungi kunda institutda 20 ga yaqin talabaning loyihasi belgilannag talablarga asosan imtiyozli kredit ajratish uchun tavsiya etilgan hamda “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan umumiy hisobda 150 mlnga yaqin mablag‘ hisobida shartnomalar tuzilgan.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤4🔥2
#Koreyada_ taʼlim_ koʻrgazmasi

Toshkentda “Koreya Respublikasida taʼlim olish – 2025” koʻrgazmasi ochildi


Toshkent shahridagi Koreya taʼlim markazida “Koreya Respublikasida taʼlim olish – 2025” nomli koʻrgazmaning ochilish marosimi ham boʻlib oʻtdi.

Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov soʻzga chiqib, Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi oʻzaro hamkorlik, yosh avlodning doʻstlik va kelajakka qaratilayotgan oʻzaro hamjihatligi ikki davlatning umumiy manfaatlari yoʻliga xizmat qilayotganini taʼkidladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤4👍3🔥1
#reyting

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi AOKA reytingida birinchi oʻrinni egalladi!


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot xizmati rahbarlari faoliyati samaradorligi natijalarini eʼlon qildi.

Bunda 2024-yil dekabr oyiga qadar faoliyat yuritib kelgan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 150 nafar matbuot kotiblari ish samaradorligi baholandi. Bu Ochiqlik indeksining birinchi indikatori hisoblanadi.

Baholash natijalariga koʻra Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vazirliklar ichida 91,0 ball bilan 1-oʻrin, respublika davlat organlari va tashkilotlari orasida 2-oʻringa sazovor boʻldi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤8🔥5🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

Samarqandda o‘tkazilgan “Oʻzbekiston va Italiya: hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusidagi tadbiridan


Mazkur tadbir doirasida Oʻzbekiston va Italiya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida muhim hujjatlar imzolandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11🔥7😱5😁4🤔4
#Xizmat_safari #Samarqand

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri SamDAQU yangi binosida

25-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining yangi binosiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazir yangi binodagi professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishdi hamda zamonaviy laboratoriyalarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini yaqindan ko‘zdan kechirdi.

Vazir, shuningdek, zamon talablariga mos jihozlangan kutubxona faoliyati bilan ham tanishdi. Talabalar uchun yaratilgan keng o‘quv zallari, elektron resurslar va ilmiy adabiyotlar fondi universitetdagi ta’lim jarayonining sifatli olib borilishini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tashrif davomida vazir talabalar hamda professor-o‘qituvchilar bilan samimiy suhbat qurib, ularning fikr va takliflarini eshitdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤1🔥1👏1🤔1