Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#reyting

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi AOKA reytingida birinchi oʻrinni egalladi!


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot xizmati rahbarlari faoliyati samaradorligi natijalarini eʼlon qildi.

Bunda 2024-yil dekabr oyiga qadar faoliyat yuritib kelgan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 150 nafar matbuot kotiblari ish samaradorligi baholandi. Bu Ochiqlik indeksining birinchi indikatori hisoblanadi.

Baholash natijalariga koʻra Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vazirliklar ichida 91,0 ball bilan 1-oʻrin, respublika davlat organlari va tashkilotlari orasida 2-oʻringa sazovor boʻldi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤8🔥5🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

Samarqandda o‘tkazilgan “Oʻzbekiston va Italiya: hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusidagi tadbiridan


Mazkur tadbir doirasida Oʻzbekiston va Italiya oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida muhim hujjatlar imzolandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11🔥7😱5😁4🤔4
#Xizmat_safari #Samarqand

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri SamDAQU yangi binosida

25-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining yangi binosiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazir yangi binodagi professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishdi hamda zamonaviy laboratoriyalarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini yaqindan ko‘zdan kechirdi.

Vazir, shuningdek, zamon talablariga mos jihozlangan kutubxona faoliyati bilan ham tanishdi. Talabalar uchun yaratilgan keng o‘quv zallari, elektron resurslar va ilmiy adabiyotlar fondi universitetdagi ta’lim jarayonining sifatli olib borilishini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tashrif davomida vazir talabalar hamda professor-o‘qituvchilar bilan samimiy suhbat qurib, ularning fikr va takliflarini eshitdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤1🔥1👏1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhandislik_oyligi #ishlanma

Aqilli konveyr — zamonaviy oshxonalar uchun ishonchli yordamchi


Katta hajmdagi idish-tovoqlarni yuvish endi muammo emas. Idish yuvuvchi konveyr — bu restoranlar, kafelar va yirik oshxonalarning ajralmas qismi.

Ushbu zamonaviy qurilma:

✔️ tezkor va sifatli yuvish jarayonini ta’minlaydi;
✔️ tovoq, idish, piyola va choynaklarni tozalashni avtomatlashtiradi;
✔️ vaqt va mehnat tejamkorligini oshiradi.

Bu texnologik yechim orqali gigiyena va samaradorlik yangi bosqichga chiqadi.


💡Loyiha muallifi:
©️Toshkent iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi — Sunnatov Elyor
📞Bog‘lanish: +998 99 817 77 15


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥2
#xalqaro_hamkorlik

Yadro tadqiqotlari bo‘yicha yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish muhokama qilindi

24-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (JINR) direktori G. Trubnikov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonning JINR doirasidagi ilmiy loyihalar va almashinuv dasturlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/49062

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21🤔3❤2😱1