Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#muhandislik_oyligi #konferensiya

“Ijtimoiy va iqtisodiy sohalarni innovatsion rivojlantirishda yosh tadqiqotchilarning roli” mavzusida talabalar konferensiyasi bo'lib o'tdi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “INNO” innovatsion o’quv-ishlab chiqarish texnoparki hamda “Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti” hamkorligida "Muhandislik oyligi” doirasida talabalar xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferentsiyani Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev hamda Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti rektori Xojiakbarxon Axmedov ochib berdi. Shuningdek, talaba va o'quvchi yoshlar, IT Park, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Toshkent shahar yosh olimlar va o‘qituvchilar kengashi mas'ul xodimlari shtirok etdilar.

Tadbir doirasida "BRAINTECH" START-UP loyihalari tanlovi g‘oliblari taqdirlandilar:
1-o'rin – Husan G'ulomov;
2-o'rin – Zabixulloh Xamidullayev;
3-o'rin – Farruh Narimonov.

Maktablararo "Matematika" va "Iqtisodiy bilim asoslari" fanlaridan o‘tkazilgan olimpiada g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o’tkazildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤2🔥1👏1
#qonunchilik_yangiliklari

Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra:
✅Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi;

✅Universitet respublikada pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti etib belgilandi.

2025/2026 o‘quv yilidan:

➖Universitetning boshqaruv tizimi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtiriladi;

➖Universitetning mavjud 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, 6 ta pedagogika oliy maktablari tashkil etiladi;

➖akademik faoliyat raqamlashtirilgan boshqarish tizimi (Learning management system) orqali yo‘lga qo‘yiladi hamda “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi;

➖Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 1-kursdan xalqaro ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

➖ pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki taʼlim shakli boʻyicha tashkil etilib, sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;

➖ oliy pedagogik taʼlim yoʻnalishida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.

2026-2027-oʻquv yilidan boshlab alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤2🔥2🤔2
G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahridagi filiali tashkil topganiga 30 yil toʻldi

Tantanali tadbirda Oʻzbekiston Respulikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Konstantin Mogilevskiy, Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahridagi filiali jamoasi hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

«Mazkur oliygoh Oʻzbekistonda oʻz eshiklarini ochgan ilk xorijiy universitet boʻlib, hozirda filial mamlakatimizdagi yetakchi taʼlim va ilmiy markazlardan biriga aylandi, — dedi tabrik soʻzida vazir Q.Sharipov. – Yubiley kunlarining eng muhim voqealaridan biri esa oliygohda sunʼiy intellekt sohasidagi Ilgʻor muhandislik maktabining ochilishidir».


Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/49868

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤2🔥2🤔2😁1
#davra_suhbati

Dasturiy budjetlashtirish – samarali boshqaruv asosi

28-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida budjet mablag‘larini oqilona va samarali boshqarish maqsadida xalqaro ekspertlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda “Ernst & Young” va “Ecorys Nederland B.V.” kabi yirik xalqaro konsalting tashkilotlari mutaxassislari, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/49985

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤6🔥4👏1🤩1