Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#huquqbuzarlik #yigʻilish

Hamkorlikdagi yondashuv — huquqbuzarlikka qarshi samarali vosita


29-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Toshkent shahar prokuraturasi hamkorligida oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish masalasiga bagʻishlangan qoʻshma yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Toshkent shahar prokurori Erkin Yuldoshev, Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Ravshan Sultonxoʻjayev, Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Durdona Rahimova, shuningdek, barcha oliygoh rektorlari hamda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorlar ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/50140

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤3
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Vengriya: startap loyihalar, ilmiy hamkorlik, qoʻshma laboratoriyalar hamda tajriba almashinuvi yangi bosqichga koʻtariladi


29 aprel kuni Budapesht shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev hamda Vengriya Madaniyat va innovatsiyalar vaziri Balaj Xanko oʻrtasida rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Sh.Daliyev Oʻzbekiston Vengriyani Yevropadagi yetakchi innovatsiya markazlaridan biri sifatida eʼtirof etishini va mazkur sohadagi aloqalarni yanada mustahkamlashga katta ahamiyat qaratilishini taʼkidladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/50152

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤1
#xalqaro_hamkorlik

Budapesht deklaratsiyasi: Turkiy davlatlar va Vengriya oʻrtasida taʼlim, fan va madaniyat sohalarida yangi hamkorlik davri


2025-yil 28–29-aprel kunlari Vengriyaning Budapesht shahri madaniyat, taʼlim va innovatsiya sohalarida yangi tarixiy sahifaning ochilishiga guvoh boʻldi. Bu yerda boʻlib oʻtgan madaniyat, taʼlim va innovatsiya boʻyicha birinchi Vengriya–Turkiy davlatlar sammitida Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya va mezbon mamlakat — Vengriya rasmiylari ishtirok etdilar. Sammit doirasida tomonlar madaniyat, oliy taʼlim, ilmiy tadqiqot va innovatsiya sohalaridagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan qatʼiy irodalarini bayon etdilar.

Sammit yakunida ishtirokchi davlatlar oliy taʼlim, tadqiqot, innovatsiya va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan deklaratsiyani imzoladilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/50154

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤5👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik

“Kelajakka qadam” — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni!


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida yoshlarning bandligini ta’minlash, o‘z-o‘zini mehnat faoliyati bilan jalb qilishga ko‘maklashish maqsadida “Kelajakka qadam” markazi faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tashabbus oliy ta’lim tizimi bitiruvchilarining bandligi va raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Bugungi kunda universitetning 650 nafar bitiruvchi talabasi “Kelajakka qadam” markazi imkoniyatlariga qiziqish bildirib, shulardan 130 nafari o‘z biznes loyihasini ushbu markazga taqdim qildi. Hozirda 13 nafar bitiruvchi talabaga O‘zMilliy Bank AJ tomonidan o‘zini o‘zi band qilish sharti bilan kredit mablag‘lari ajratib berildi.

Ushbu mablag‘lar asosan, tikuvchilik, parrandachilik va chorvachilik faoliyatini rivojlantirish, temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash, gul va dekorativ daraxtlar yetishtirish, gazlamalarga naqshlar solish, repititorlik qilish, yog‘och meʼmorchiligi kabi loyihalar uchun taqdim etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤5👏3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik #Ijaraga_tashrif

TATU rahbariyati talabalar yashash sharoitlarini joyida o‘rgandi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Mahkamov boshchiligidagi oliygoh rahbariyati ijarada yashovchi talabalar yashash joylarida yoshlar bilan muloqot qildi.

Talabalar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, kundalik hayotdagi muammolar haqida xfikr bildirib, taklif va murojaatlarini bayon etdilar. Ularning murojaatlari joyida tinglanib, amaliy yechimlar taklif etildi.

Universitet Axborot xizmati bu kabi tashriflar doimiy yo‘lga qo‘yilishini, talabalarning xavfsizligi va qulay yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini maʼlum qildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17🔥6❤3