Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#yugurish_marafoni

Shahrisabzda ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi


Shahrisabz shahrida “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” doirasida ekologik va xayriya yo‘nalishidagi ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi. Ushbu musobaqalar “Eco - Save Aral - 2025”, “Talaba yugur”, “O‘quvchi yugur” hamda “Inson uchun” shiorlari ostida o‘tkazildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/50753

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤1🔥1
#taqdimot

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy va kasbiy ta’limda sifatni oshirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi.


Iqtisodiyot tarmoqlari rivoji va investitsion muhit eng avvalo kadrlar salohiyati bilan chambarchas bog’liq. Shu bois mamlakatimizda oliy va kasbiy ta’lim tizimi, nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyati doimiy takomillashtirib borilmoqda. Bunda qabul parametrlari, ta’lim dasturlari, o‘quv jarayonlari hamda ilmiy salohiyatni sifat jihatidan yaxshilash masalalari ustuvor.

Taqdimotda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga solish, lisenziyalash tizimini takomillashtirish hamda davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish bo‘yicha yangi tizimni joriy etishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14👏1😁1
🔹🔹🔹🔹 #talaba_hayoti

🗣 Oliy ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan TTJ va ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalarning holidan xabar olinmoqda hamda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari ko‘zdan kechirilmoqda.


🟢Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

🟢TATU Nurafshon filiali;

🟢Termiz davlat universiteti;

🟢Jizzax politexnika instituti;

🟢Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

🟢Milliy estrada san’ati instituti;

🟢Buxoro xalqaro universieti;

🟢O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi;

🟢Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

🟢Namangan davlat pedagogika instituti;

🟢SamDu Urgut filiali;

🟢Toshkent arxitektura-qurilish universiteti;

🟢TDIU Samarqand filiali;

🟢Milliy rassomlik va dizayn instituti;

🟢TATU Samarqand filiali;

🟢O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;

🟢Namangan davlat texnika universiteti;

🟢Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

🟢Farg‘ona davlat universiteti;

🟢Toshkent davlat stomatologiya instituti;

🟢Qarshi davlat universiteti;

🟢O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

🟢Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

🟢Turon universiteti;

🟢Urganch davlat pedagogika instituti;

🟢“Ipak yo'li” turizm madaniy meros xalqaro universiteti;

🟢Guliston davlat universiteti;

🟢O'zMU jizzax filiali;

🟢Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali

🟢Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

🟢Namangan davlat chet tillari instituti

🟢Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

🟢О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

🟢Buxoro davlat universiteti

🟢Urganch davlat unversiteti;

🟢SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🤔1
#Targʻibot #Turizm

Norvegiyada O‘zbekiston madaniy merosi taqdimoti o‘tkazildi


YUNESKO Bosh konferensiyasining joriy yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan 43-sessiyasi doirasida Norvegiyaning Oslo shahrida “Samarqand – Ipak yo‘lining yuragi” konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Dastur O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamda “Farhod” madaniyat saroyi delegatsiyasi ishtirokida o‘tkazildi. Tadbirda norvegiyalik mehmonlar, xususan turizm sohasi vakillari, yoshlar, diplomatik korpus a’zolari — 150 nafarga yaqin keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Loyiha doirasida hunarmandchilik mahsulotlari, o‘zbek milliy musiqa va raqslari namoyish etildi hamda mehmonlarga milliy taom va shirinliklar tortiq qilindi. Vakillarimizning xorijda boy merosimiz targ‘ibotiga bag‘ishlangan taqdimotlari davom etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤1
#prezident #tashrif #Xorazm

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmga tashrif buyurdi

1-may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida qator muhim obyektlar va loyihalar bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari:

➡️Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishi;

➡️Xonqa tumanidagi mebelsozlik kichik sanoat zonasi;

➡️“Sobirjon Yusuf” oilaviy fermer xo‘jaligi va ko‘chatchilik xo‘jaligi;

➡️Urganchda yangi avtobuslar;

➡️Urganch–Xiva elektrlashtirilgan temir yo‘li va mahalliy poyezdlar;

➡️Xorazmda transport xizmatlarini rivojlantirish ishlari

bilan yaqindan tanishdi.


Shuningdek, Oyimjon Otajanova “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

📌 Batafsil: president.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaFest

🎓🎓Talabalar, tayyormisiz? Yilning eng yorqin festivali sizlarni kutmoqda!

⚡️1-maydan 25-maygacha butun O‘zbekiston bo‘ylab millionlab yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtiruvchi “Talabalar festivali” bo‘lib o‘tadi.

Bu festival — barcha imkoniyatlaringizning boshlanish nuqtasi!

🎓Abituriyentmisiz? Orzungizdagi oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan tanishing.

🎓Talabamisiz? Iste’dodingizni tanlov va loyihalarda sinab ko‘ring.

🎓Bitiruvchimisiz? Yaxshi kasb tanlash yoki biznes boshlamoqchi bo‘lsangiz, festivalda ishtirok eting!

✅Festivalda ishtirok etish uchun @yoshtanlovibot orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z yo‘nalishingizni tanlang!

🚀 Orzular sari yo‘l shu yerdan boshlanadi. Bu festival aynan siz uchun!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤2🔥1👏1
Edu.uz pinned a video