Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Targʻibot #Turizm

Norvegiyada O‘zbekiston madaniy merosi taqdimoti o‘tkazildi


YUNESKO Bosh konferensiyasining joriy yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan 43-sessiyasi doirasida Norvegiyaning Oslo shahrida “Samarqand – Ipak yo‘lining yuragi” konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Dastur O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamda “Farhod” madaniyat saroyi delegatsiyasi ishtirokida o‘tkazildi. Tadbirda norvegiyalik mehmonlar, xususan turizm sohasi vakillari, yoshlar, diplomatik korpus a’zolari — 150 nafarga yaqin keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Loyiha doirasida hunarmandchilik mahsulotlari, o‘zbek milliy musiqa va raqslari namoyish etildi hamda mehmonlarga milliy taom va shirinliklar tortiq qilindi. Vakillarimizning xorijda boy merosimiz targ‘ibotiga bag‘ishlangan taqdimotlari davom etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤1
#prezident #tashrif #Xorazm

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmga tashrif buyurdi

1-may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida qator muhim obyektlar va loyihalar bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari:

➡️Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishi;

➡️Xonqa tumanidagi mebelsozlik kichik sanoat zonasi;

➡️“Sobirjon Yusuf” oilaviy fermer xo‘jaligi va ko‘chatchilik xo‘jaligi;

➡️Urganchda yangi avtobuslar;

➡️Urganch–Xiva elektrlashtirilgan temir yo‘li va mahalliy poyezdlar;

➡️Xorazmda transport xizmatlarini rivojlantirish ishlari

bilan yaqindan tanishdi.


Shuningdek, Oyimjon Otajanova “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

📌 Batafsil: president.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaFest

🎓🎓Talabalar, tayyormisiz? Yilning eng yorqin festivali sizlarni kutmoqda!

⚡️1-maydan 25-maygacha butun O‘zbekiston bo‘ylab millionlab yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtiruvchi “Talabalar festivali” bo‘lib o‘tadi.

Bu festival — barcha imkoniyatlaringizning boshlanish nuqtasi!

🎓Abituriyentmisiz? Orzungizdagi oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan tanishing.

🎓Talabamisiz? Iste’dodingizni tanlov va loyihalarda sinab ko‘ring.

🎓Bitiruvchimisiz? Yaxshi kasb tanlash yoki biznes boshlamoqchi bo‘lsangiz, festivalda ishtirok eting!

✅Festivalda ishtirok etish uchun @yoshtanlovibot orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z yo‘nalishingizni tanlang!

🚀 Orzular sari yo‘l shu yerdan boshlanadi. Bu festival aynan siz uchun!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤2🔥1👏1
Edu.uz pinned a video
#xalqaro_hamkorlik

Vengriyaning Obuda universiteti bilan Jizzaxda texnopark tashkil etish va talabalar almashinuvi masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev Vengriyaga tashrifi doirasida Budapesht shahridagi Obuda universitetida boʻldi. Obuda universiteti rektori, professor Levente Kovachs va prorektori Andrash Molnar bilan uchrashuv chogʻida oliy taʼlim va ilmiy-innovatsion hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Jizzaxdagi “INNO” texnoparki negizida Oʻzbekiston – Vengriya qoʻshma innovatsion texnoparkini tashkil etish masalasini muhokama qildilar. Texnopark faoliyatini 2025-yil sentyabr oyida boshlash rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, har yili 50 nafar oʻzbekistonlik talabalar va mutaxassislarni Obuda universitetida taʼlim olish va malaka oshirish uchun yuborish masalasi koʻrib chiqildi. Bunda saralash mezonlari, taʼlim shakllari, grantlar va boshqa tashkiliy masalalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤3🔥1
#Xizmat_safari

Vazir Urganchdagi Jamoat salomatligi texnikumi faoliyati bilan tanishdi

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Urganch shahrida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdi. Texnikum direktori Muborak Ahmedova taʼlim muassasasi faoliyati va kelgusidagi rejalar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Tashrif doirasida vazir taʼlim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan ishlar, oʻquv jarayoni va amaliy mashgʻulotlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, oʻquv-amaliy mashgʻulotlarda qatnashib, oʻquvchilarning tibbiy model va mulyajlardan foydalangan holda amaliy koʻnikmalarni bajarish jarayonini kuzatdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/50957

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤2🔥1🤔1