Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xizmat_safari #Vazir

Vazir UrDUning Axborot-resurs markazi bilan tanishdi

1-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida bo‘ldi. Vazir oliygoh rahbariyati hamrohligida yangi barpo etilayotgan Axborot-resurs markazi binosiga borib, infratuzilmaning qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Markaz binosini zamonaviy axborot texnologiyalari, qulay mebel va texnik vositalar bilan ta’minlanish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Ushbu Axborot resurs markazi binosi 5 qavatli 1000 o‘ringa mo‘ljallangan kutubxona binosi hamda 506 o‘rinli faollar zali va universitet muzeyidan iborat.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤6👏4🔥3🥰1
#Mirziyoyev #Xorazm

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda xitoy, arab, yapon, ispan tilini biladigan gid, ofitsiant, savdo va servis xodimlariga ham talab oshib borayotgani qayd etildi

Shuning uchun Xiva turizm texnikumida yiliga 100 nafar gid, yana shuncha servis xodimini kamida 5 ta talab yuqori tilga o‘qitish zarurligi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤3
#so‘ragan_edingiz

❓SAVOL: Ilmiy-ommabop maqola nima?

✅ JAVOB: Ilmiy-ommabop maqola
— bu alohining barcha qatlamlariga moʻljallangan, muayyan ilmiy mavzuda ogʻir ilmiy uslubdan xoli, sodda, tushunarli va qiziqarli tarzda yozilgan maqoladir. Bu turdagi maqolalarning asosiy maqsadi — ilm-fanning yangi yutuqlari, tadqiqotlar va texnologik yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazish, fanga qiziqish uygʻotish va ilmiy savodxonlikni oshirishdan iborat.

Xulosa qilib aytganda, ilmiy-ommabop maqola — bu fanni ommaga yaqinlashtirish vositasidir. U ilm va jamiyat oʻrtasidagi koʻprik vazifasini oʻtaydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤6👏2
#grantlar #KelajakkaQadam #seminar

Oliy taʼlimda taʼlim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash masalalari hamda “Kelajakka qadam” dasturi boʻyicha oʻquv seminari oʻtkazildi


2-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida respublika oliy taʼlim muassasalarining oʻquv ishlari boʻyicha prorektorlari va masʼul rahbar xodimlari ishtirokida oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Unda oliy taʼlimda taʼlim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash masalalari, shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalar muhokama etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/51092

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23😁3❤2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bir_asar_muhokamasi

🗣Guliston davlat universiteti va Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi hamkorligida yangi ilmiy-ma’rifiy tashabbus — “Bir asar muhokamasi” teleloyihasi yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur loyiha doirasida talabalar, professor-o‘qituvchilar ishtirokida o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari chuqur tahlil qilinib, ularning mazmun-mohiyati ochib beriladi. Asarlardagi dolzarb ijtimoiy-madaniy masalalar yuzasidan fikr almashiladi.


⏺1-kitob: Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani;

⏺2-kitob: Jek Londonning “Oq so‘yloq” qissasi;

⏺3-kitob: O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari.

Toʻliq videolarni havolalar orqali tomosha qiling!

Bizni
kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤5🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SportOyligi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hududida joylashgan suv havzasi kapital ta’mirdan keyin yana foydalanishga topshirildi


Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan bu shart-sharoit talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda muhim omil bo‘ladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#iqtidorli_talaba

Talabalar malakaviy amaliyot jarayonini qanday o‘tkazmoqda?

🗣“O‘qituvchilik kasbini tanlaganimdan hech qachon afsuslanmayman” – BuxDPI talabasi


Institutning axborot xizmati xodimlari tomonidan tayyorlangan videolavhada Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 4-bosqich talabasi Nilufar Xolmurodovaning “4+2” malakaviy amaliyotidagi faoliyati haqida so‘z boradi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥1