Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Sport

“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi: talaba-qizlar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilmoqda

Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalari talaba-qizlari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Mazkur musobaqa yurtimizda xotin-qizlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgani bilan alohida e’tiborga molikdir.

Ayni kunlarda musobaqaning fakultet bosqichlarida ishtirokchilar 100 metrga yugurish, dars uloqtirish, kamondan o‘q otish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, badiiy gimnastika hamda velosport kabi yo‘nalishlarda o‘z mahoratini namoyish etmoqda.

Musobaqaning g‘olib va faol ishtirokchilari keyingi — shahar va respublika bosqichlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤1🔥1👏1
#Kasbiy_taʼlim
#attestatsiya_savolnoma

Kasbiy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari attestatsiyasining ikkinchi – suhbat bosqichi (savol-javob)da foydalaniladigan savolnoma e’lon qilinmoqda


➡️Savolnomani yuklab olish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏3👍1
4️⃣4️⃣4️⃣

Respublika ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etamiz!

“Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va munosib nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori Qarori (19.02.2025-y.) hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan:


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, O‘zbekiston Milliy universiteti va “University of Business and Science” Toshkent filiali sizni “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etadi.

🗓 Sana: 2025-yil 6-may, soat 10:00
📍Manzil: University of Business and Science Toshkent filiali majlislar zali
🔗Onlayn ishtirok etish uchun havola: ZOOM
🔢Konferensiya ID: 532 543 8141
🔐Parol: 123

Hurmatli hamkasblar, talaba va tadqiqotchilar! Ushbu anjumanda faol ishtirok etib, yurtimiz ravnaqi va tarixiy xotirani ulug‘lashga o‘z hissangizni qo‘shishingizni kutib qolamiz.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤2👏1
#Final #Shaxmat #Taqdirlash

Shaxmat bo‘yicha “Akademik litsey ligasi” va “Professional taʼlim muassasalari ligasi” musobaqalarining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

Musobaqalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida tashkil etilib, xalqaro Shaxmat Federatsiyasi (FIDE) qoidalari asosida 7 tur davomida o‘tkazildi. Unda akademik litseylar hamda kasbiy ta’lim muassasalaridan jami 50 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi.

G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/51910

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12🤔3❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SportOyligi #OchilishMarosimi

“Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida “Sport oyligi”ning rasmiy ochilish marosimidan videolavha

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤2🔥2🎉1