Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣ #ITCareer2025

🎓 IT sohasida o‘z o‘rnini topmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun imkoniyat!

Iqtisodiyot va moliya vazirligi IT yo‘nalishini tamomlayotgan yoki ushbu sohaga qiziqishi bo‘lgan talabalarni “IT Career Event – 2025” tadbirida ishtirok etishga taklif qiladi.


Tadbirdan asosiy maqsad bitiruvchi talabalarni bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilish, ularni amaliyotga yo‘naltirish va rag‘batlantirish.

📌 Tadbir doirasida:
• IT sohasida kadrlar bilan ishlash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilinadi;
• iqtidorli talabalarni vazirlik va uning tarkibiy tuzilmalaridagi IT bo‘limlariga amaliyotga jalb qilish imkoniyatlari taqdim etiladi;
• moliya tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarda fikr almashiladi.

Bundan tashqari, “IT Career Event – 2025” doirasida 3 ta yo‘nalish bo‘yicha tanlov (test sinovlari) o‘tkaziladi:
➡️Software
➡️Hardware
➡️Analytic

🏆 Har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 nafar g‘olib aniqlanadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
1️⃣-o‘rin – noutbuk;
2️⃣-o‘rin – smartfon;
3️⃣-o‘rin – smart soat.

📌 Testdan va ro‘yxatdan o‘tish: itc.imv.uz

🗓️ Sana: 2025-yil 7-may, soat 10:00
📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyi, Toshkent, Mustaqillik shoh koʻchasi, 2 (Mustaqillik maydoni)

Qo‘shimcha maʼlumot uchun:
+998900081070
+998977473880
+998971030383

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2
✅#Olimlar_minbari
28.04–04.05.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

«30 лет лидерства в образовании и науке» — Каландар АБДУРАХМОНОВ, ректор Ташкентского филиала Российского экономического университета, академик;

“Pedagog kadrlar tayyorlash tizimining transformatsiyasi – yangi O‘zbekistonda sifatli ta’lim garovi” — Abdug‘affor QIRG‘IZBOYEV, Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori, professor;

“Xorijlik yoshlar nega ta’lim uchun O‘zbekistonni tanlayapti” — Nozliya NORMURODOVA, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori;

«Новая модель глобального экономического роста» — Норим РАХМОНОВ, руководитель департамента ТГЭУ по делам молодежи и духовно-просветительской работе, профессор;

“Mahalla mustaqil, ammo yolg‘iz emas” — Ixtiyor BEKOV, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;

«Индустрия путешествий: качественные изменения» — Сурайё АДИЛХОДЖАЕВА, профессор Университета мировой экономики и дипломатии;

“O‘zbekiston-Turkmaniston: Barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi strategik hamkorlik” — Dilshodjon RAHMONOV, Toshkent xalqaro universiteti professori;

«Что мы знаем о международном частном праве ЕС» — Сохиба ИНОЯТОВА, профессор Ташкентского государственного юридического университета;

«ГЧП в действии: когда сотрудничество государства и бизнеса меняет инфраструктуру» — Дилафруз НАСЫРХОДЖАЕВА, профессор Ташкентского государственного экономического университета;

“Ma’rifiy jamiyatning vijdoni erkin, e’tiqodi mustahkam bo‘ladi” — Xusniddin AHMEDOV, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori;

«Политика озеленения в Узбекистане: как города меняются к лучшему» — Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, старший преподаватель Ташкентского государственного экономического университета;

«Право говорить и быть услышанным» — Бахтиёр ХАСАНОВ, PhD Университета мировой экономики и дипломатии.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi “Sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar” bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi:

🔎 Google eng kuchli sun’iy intellekt protsessorini taqdim etdi;

🤖 Olimlar sun’iy intellektni imo-ishoralarni tanishga o‘rgatdi;

📚BAA qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤4👏1
#xalqaro_hamkorlik #UNCTAD #seminar

UNCTAD bilan hamkorlikdagi xalqaro seminar boshlandi

6–8-may kunlari Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi hamda BMTning UNCTAD tashkiloti hamkorligida “Fan, texnologiya va innovatsiyalar (STI) siyosati va texnoparklar amaliyoti” bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazilmoqda.

Seminarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov ochib berdi. U O‘zbekistonda STI siyosati bo‘yicha erishilayotgan natijalar va oldinda turgan vazifalar haqida to‘xtaldi.

Tadbirda BMT vakili Sabine Mahl va UNCTAD eksperti Liping Zhang ishtirok etib, xalqaro tajriba bilan o‘rtoqlashdi.

Seminar texnologiyalar transferi, tijoratlashtirish, inkubatsiya, investitsiyalar va xalqaro hamkorlik masalalariga qaratilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11🔥1😁1
#QonunchilikYangiliklari

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi 

Bu Prezidentning “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida (PF-76, 05.05.2025-y.) belgilandi.

📌 Farmonga ko‘ra Agentlik:
🔹“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida tashkil etiladi;

🔸o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

✔️Shuningdek, Farmon bilan:
🟢Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining asosiy faoliyat yo‘nalishlari;

🟢Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi faoliyatini tashkil etish tartibi;

🟢Ta’lim sifatini ta’minlash tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤1🔥1🎉1
Edu.uz
#QonunchilikYangiliklari Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi  Bu Prezidentning “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida (PF…
#PrezidentFarmoni

⚡️Endi barcha oliygohlarda sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi

Prezident farmoniga ko’ra, 2025/2026-o’quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatildi.

Mazkur talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi.

Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotgan talabalar amaldagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘z o‘qishlarini davom ettirib, diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Sirtqi ta’lim o‘rniga kechki, masofaviy va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤13🔥7🤔6😁4
Edu.uz
#QonunchilikYangiliklari Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi  Bu Prezidentning “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida (PF…
#PrezidentFarmoni

⚡️2025/2026-o‘quv yilidan boshlab:

🔹oliy ta’lim tashkilotlarining muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi;

🔸magistratura bosqichida muqobil ta’lim shakllari asosida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga ruxsat beriladi;

🔹oliy ta’lim tashkilotlarida muqobil ta’limning kredit- modul tizimiga asoslangan maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli (part-time education) bo‘yicha o‘qitishni yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi;

🔸muqobil ta’lim shakllariga talabalarni belgilangan me’yordan ortiqcha qabul qilish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi hamda litsenziyani bekor qilish uchun asos hisoblanadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29🔥2😁1