Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#QonunchilikYangiliklari

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi 

Bu Prezidentning “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida (PF-76, 05.05.2025-y.) belgilandi.

📌 Farmonga ko‘ra Agentlik:
🔹“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida tashkil etiladi;

🔸o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

✔️Shuningdek, Farmon bilan:
🟢Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining asosiy faoliyat yo‘nalishlari;

🟢Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi faoliyatini tashkil etish tartibi;

🟢Ta’lim sifatini ta’minlash tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤1🔥1🎉1
Edu.uz
#QonunchilikYangiliklari Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi  Bu Prezidentning “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida (PF…
#PrezidentFarmoni

⚡️Endi barcha oliygohlarda sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi

Prezident farmoniga ko’ra, 2025/2026-o’quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatildi.

Mazkur talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi.

Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotgan talabalar amaldagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘z o‘qishlarini davom ettirib, diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Sirtqi ta’lim o‘rniga kechki, masofaviy va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤13🔥7🤔6😁4
Edu.uz
#QonunchilikYangiliklari Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi  Bu Prezidentning “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida (PF…
#PrezidentFarmoni

⚡️2025/2026-o‘quv yilidan boshlab:

🔹oliy ta’lim tashkilotlarining muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi;

🔸magistratura bosqichida muqobil ta’lim shakllari asosida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga ruxsat beriladi;

🔹oliy ta’lim tashkilotlarida muqobil ta’limning kredit- modul tizimiga asoslangan maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli (part-time education) bo‘yicha o‘qitishni yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi;

🔸muqobil ta’lim shakllariga talabalarni belgilangan me’yordan ortiqcha qabul qilish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi hamda litsenziyani bekor qilish uchun asos hisoblanadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍29🔥2😁1
Edu.uz
#QonunchilikYangiliklari Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi  Bu Prezidentning “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida (PF…
#PrezidentFarmoni

⚡️Yangi tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari faoliyati ikki bosqichda yo‘lga qo‘yiladi

🔰 Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan yangi tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish 2 bosqichda amalga oshiriladi:

🔹 1-bosqichda faoliyatni boshlash uchun o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tashkilotlari o‘rnatilgan tartibda litsenziyalanadi, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim tashkilotlari xabardor qilish tartibida tashkil etiladi;

🔹 2-bosqichda ta’lim tashkilotlarining kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladigan ta’lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi. Bunda:
🟢maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmagan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim oluvchilarni o‘qishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;
🟢maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmasdan qabul jarayonini amalga oshirish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi va ta’lim tashkilotiga berilgan litsenziyaning bekor qilinishiga asos bo‘ladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27😁5❤4🔥1
#vazir
#uchrashuv

Vazir Toshkent davlat tibbiyot universitetida xorijlik talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi


2025-yil 6-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent davlat tibbiyot universitetida bo‘ldi. U yerda dastlab universitetning bosh o‘quv binosida yaratilgan zamonaviy sharoitlar hamda innovatsion infratuzilma ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, vazir xorijlik talabalar, xususan, Hindistondan kelgan talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/52242

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍44😁19🔥10🤔5🎉3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#vazir #uchrashuv

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent davlat tibbiyot universitetida xorijlik talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganib
, hindistonlik talaba-yoshlar bilan muloqot qildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20🔥2👏2
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
#talabalar_teatr_studiyalari

🎭 “Talabalar teatr studiyalari” festivalining final bosqichi ishtirokchi jamoalari aniqlandi!

☑️Tanlovning 2025-yilgi mavsum final bosqichi 14-16-may kunlari Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tadi. Final bellashuvida quyidagi oliy ta’lim tashkilotlarining teatr jamoalari mavsum g‘olibligi uchun o‘zaro bellashadi va quyidagi ketma-ketlikda spektakllarini namoyish etadi:

14-may kuni:
🔸Toshkent davlat tibbiyot universiteti
🔸Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
🔸Andijon davlat pedagogika instituti
🔸Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
🔸Namangan davlat pedagogika instituti

15-may kuni:

🔸Qarshi davlat texnika universiteti
🔸Termiz davlat pedagogika instituti
🔸Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
🔸Farg‘ona davlat universiteti

🏆 Festival g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi. Tantanali taqdirlash marosimi 16-may kuni soat 10:00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadbirlar zalida bo‘lib o‘tadi.

🥇1-o‘rin – BHMning 190 barobari;
🥈2-o‘rin – BHMning 140 barobari;
🥉3-o‘rin – BHMning 85 barobari;

♦️Eng faol oliy taʼlim muassasasi – BHMning 35 barobari;
♦️Eng yaxshi erkak roli uchun – BHMning 25 barobari;
♦️Eng yaxshi ayol roli uchun – BHMning 25 barobari;
♦️Jamoa ijodkor talabasi – BHMning 20 barobari;
♦️Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari – BHMning 15 barobari.


Barcha jamoalarga final bosqichi bellashuvida omad va zafarlar tilab qolamiz!

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🤔3😱2❤1
#XalqaroHamkorlik #Kelishuv #AUT

“100 million o‘quvchi” tashabbusini joriy etish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

6-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Amerika Texnologiya Universitetiga (AUT) tashrif buyurdi. Tashrif doirasida vazir AUT rahbariyati hamda Arizona davlat universitetining Thunderbird xalqaro boshqaruv maktabi vakillari bilan uch tomonlama hamkorlik kelishuvini imzoladi.

Mazkur kelishuv doirasida Fransis va Dion Najafi tomonidan boshlangan “100 million o‘quvchi” global tashabbusini O‘zbekistonda joriy etish rejalashtirilmoqda. Ushbu tashabbus butun dunyo bo‘ylab, jumladan, O‘zbekistonda ham, ingliz tili qatori o‘zbek tilida ham biznes, tadbirkorlik va yetakchilik sohalarida bepul onlayn ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi.

Tashrif davomida O‘zbekiston tomoni vakillari global miqyosdagi zamonaviy ta’lim amaliyotlarini mamlakatimizga olib kirish, yoshlarning raqobatbardosh ko‘nikmalarini rivojlantirish va ta’lim sifati samaradorligini oshirish borasidagi strategik maqsadlarni ilgari surdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤5🔥3