#vazir
#uchrashuv
Vazir Toshkent davlat tibbiyot universitetida xorijlik talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi
2025-yil 6-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent davlat tibbiyot universitetida bo‘ldi. U yerda dastlab universitetning bosh o‘quv binosida yaratilgan zamonaviy sharoitlar hamda innovatsion infratuzilma ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, vazir xorijlik talabalar, xususan, Hindistondan kelgan talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/52242
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍44😁19🔥10🤔5🎉3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#vazir #uchrashuv
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent davlat tibbiyot universitetida xorijlik talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganib, hindistonlik talaba-yoshlar bilan muloqot qildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent davlat tibbiyot universitetida xorijlik talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganib, hindistonlik talaba-yoshlar bilan muloqot qildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20🔥2👏2
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
#talabalar_teatr_studiyalari
🎭 “Talabalar teatr studiyalari” festivalining final bosqichi ishtirokchi jamoalari aniqlandi!
☑️ Tanlovning 2025-yilgi mavsum final bosqichi 14-16-may kunlari Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tadi. Final bellashuvida quyidagi oliy ta’lim tashkilotlarining teatr jamoalari mavsum g‘olibligi uchun o‘zaro bellashadi va quyidagi ketma-ketlikda spektakllarini namoyish etadi:
14-may kuni:
🔸 Toshkent davlat tibbiyot universiteti
🔸 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
🔸 Andijon davlat pedagogika instituti
🔸 Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
🔸 Namangan davlat pedagogika instituti
15-may kuni:
🔸 Qarshi davlat texnika universiteti
🔸 Termiz davlat pedagogika instituti
🔸 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
🔸 Farg‘ona davlat universiteti
Barcha jamoalarga final bosqichi bellashuvida omad va zafarlar tilab qolamiz!
📱 Instagram | 📺 YouTube | 🕊 Telegram
14-may kuni:
15-may kuni:
🏆 Festival g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi. Tantanali taqdirlash marosimi 16-may kuni soat 10:00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadbirlar zalida bo‘lib o‘tadi.🥇 1-o‘rin – BHMning 190 barobari;🥈 2-o‘rin – BHMning 140 barobari;🥉 3-o‘rin – BHMning 85 barobari;♦️ Eng faol oliy taʼlim muassasasi – BHMning 35 barobari;♦️ Eng yaxshi erkak roli uchun – BHMning 25 barobari;♦️ Eng yaxshi ayol roli uchun – BHMning 25 barobari;♦️ Jamoa ijodkor talabasi – BHMning 20 barobari;♦️ Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari – BHMning 15 barobari.
Barcha jamoalarga final bosqichi bellashuvida omad va zafarlar tilab qolamiz!
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🤔3😱2❤1
#XalqaroHamkorlik #Kelishuv #AUT
“100 million o‘quvchi” tashabbusini joriy etish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
6-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Amerika Texnologiya Universitetiga (AUT) tashrif buyurdi. Tashrif doirasida vazir AUT rahbariyati hamda Arizona davlat universitetining Thunderbird xalqaro boshqaruv maktabi vakillari bilan uch tomonlama hamkorlik kelishuvini imzoladi.
Mazkur kelishuv doirasida Fransis va Dion Najafi tomonidan boshlangan “100 million o‘quvchi” global tashabbusini O‘zbekistonda joriy etish rejalashtirilmoqda. Ushbu tashabbus butun dunyo bo‘ylab, jumladan, O‘zbekistonda ham, ingliz tili qatori o‘zbek tilida ham biznes, tadbirkorlik va yetakchilik sohalarida bepul onlayn ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi.
Tashrif davomida O‘zbekiston tomoni vakillari global miqyosdagi zamonaviy ta’lim amaliyotlarini mamlakatimizga olib kirish, yoshlarning raqobatbardosh ko‘nikmalarini rivojlantirish va ta’lim sifati samaradorligini oshirish borasidagi strategik maqsadlarni ilgari surdi.

👍12❤5🔥3
#Live #Prezident #Videoselektor #Tibbiyot #Taʼlim
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichida turgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Unda tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini va ixtisoslashgan muassasalarda xizmatlar sifatini yanada oshirish, dori vositalari iste’molini tartibga solish hamda tibbiy ta’limni takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilinmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichida turgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Unda tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini va ixtisoslashgan muassasalarda xizmatlar sifatini yanada oshirish, dori vositalari iste’molini tartibga solish hamda tibbiy ta’limni takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilinmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍18🎉2😁1
#Prezident #Videoselektor #Tibbiyot #Taʼlim
Yig‘ilishda dual ta’lim to‘liq joriy qilish mumkin bo‘lgan soha tibbiyot ekani ta’kidlandi.
Lekin tibbiyot oliygohlari qoshidagi birorta klinika ularning balansida emasligi bunga to‘sqinlik qilayotgani qayd etildi.
Mutasaddilarga Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona va Urganch tibbiyot oliygohlariga moliyaviy mustaqillik berish, Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Urganch tibbiyot oliygohlari klinikasini ham ularning tarkibiy tuzilmasiga o‘tkazish topshirildi.
Oliygohlarning tegishli kafedralari klinika bo‘limlaridagi davolash ishlarini boshqaradi.
Tibbiyot oliygohlari rektorlari o‘z tizimidagi klinik bazasi bo‘lgan boshqa muassasalarni ham ta’mirlash-jihozlashga mas’ul bo‘ladi.

👍19🔥1
#Prezident #Videoselektor #Tibbiyot #Taʼlim
So‘nggi yetti yilda tibbiyot oliygohlariga qabul 4,5 barobar ko‘payib, yiliga 25 ming nafar yoshlar o‘qishga kirmoqda. Ularning 40 foizi xususiy oliygohlarda o‘qimoqda.
Bitiruv imtihonini oliygohning o‘zi olishi, bilim va ko‘nikmalarni baholovchi shaffof tizim yo‘qligi oqibatida mutaxassislar yetarli bilim va amaliy ko‘nikmasiz mehnat bozoriga kirib kelayotgani qayd etildi.
Endilikda tibbiyot oliygohlari va texnikum bitiruvchilarining zamonaviy diagnostika va davolash usullarini o‘zlashtirishi shaffof tizim asosida alohida baholanadi. Bu tizim ishlayotgan vrach va hamshiralarga ham tatbiq etiladi.
Shu maqsadda Tibbiyot sohasini baholash milliy markazi tashkil qilinadi. Ushbu markazga xalqaro tan olingan xorijiy tashkilot jalb qilinadi. Davlat va xususiy klinikalar esa akkreditatsiyadan o‘tadi.
Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish vazifasi davlat va xususiy tibbiyot oliygohlari, ixtisoslashgan markazlar va viloyat muassasalariga beriladi.
Mutasaddilarga shifokor va hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha yagona malaka talablarini ishlab chiqish topshirildi.

👍25🔥1
#Tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Adham Yusupovich Xudoyqulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

👍47👏11🤔6❤5🎉3
#Targʻibot #Turizm
Islandiyada O‘zbekiston madaniy merosi taqdimoti o‘tkazildi
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamda “Farhod” madaniyat saroyi delegatsiyasining O‘zbekiston madaniy merosini dunyo bo‘ylab keng targ‘ib qilishga qaratilgan xorijiy safari davom etmoqda.
YUNESKO Bosh konferensiyasining joriy yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan 43-sessiyasi doirasida tashkil etilgan loyihaning navbatdagi konsert dasturi Islandiya poytaxti Reykyavik shahrida tashkil etildi.
“Samarqand – Ipak yo‘lining yuragi” mavzusidagi bayram kechasida islandiyalik mehmonlar, O‘zbekistonning Angliyadagi elchixonasi mas’ullari va diplomatik korpus vakillari qatnashdi.
Tadbirga tashrif buyurganlar o‘zbek hunarmandchiligi mahsulotlari, milliy musiqa va raqs san’ati, yurtimizning turizm salohiyati bilan yaqindan tanishdi. Boy madaniy merosimizni targ‘ib etishga qaratilgan mazkur loyiha davom etmoqda.

👍20❤2🔥1😁1🎉1
#Tayinlov
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Abdug‘affor Karimjonovich Qirg‘izboyev Namangan davlat universiteti rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori lavozimidan ozod etildi.

🤔44👍37😱27👏6❤2
#Tayinlov
Prezidentning tegishli qarori bilan Karimova Eʻzoza Gapirjanovna Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Prezidentning tegishli qarori bilan Karimova Eʻzoza Gapirjanovna Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

👍57🤔9❤6👏4🔥1