Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Eʼtirof

Vazir va rektorlar “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi


Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Talabalar festivali” doirasida bo‘lib o‘tgan sport sinovlariga ramziy start berish marosimi chog‘ida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda mazkur yo‘nalishda faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdagi xizmatlari uchun bir qator rahbarlar faxriy mukofot bilan taqdirlandi.

Xususan:
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov,

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev,

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchexra Rixsiyevalar “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Taqdirlash marosimidan so‘ng tadbir ishtirokchilari “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining o‘tkazilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤10🔥1
#IshchiGuruh #Yigʻilish #TexnikTaʼlim

“TASHKENT TECH” texnika universitetini tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi

8-may kuni Tashkiliy qo‘mita topshirig‘iga muvofiq, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “TASHKENT TECH” texnika universitetini tashkil etish bo‘yicha Ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov olib bordi. Unda yangi oliygohning milliy iqtisodiyotga qo‘shadigan hissasi, texnik ta’lim nufuzini oshirishdagi roli va ilg‘or xorijiy tajribaga tayanish zarurati muhokama qilindi.

Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyati va mas’ul xodimlari, shuningdek, xalqaro miqyosda mashhur bo‘lgan “The Boston Consulting Group” kompaniyasi vakillari hamda texnik ta’lim sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda mazkur universitetni tashkil etish bo‘yicha birlamchi chora-tadbirlar, hamkorlik yo‘nalishlari va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bosqichlar belgilab olindi. Universitet muhandislik sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘lib, uning faoliyatida xorijiy ekspertlar ishtirokini ta’minlash alohida e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19😱3❤1🔥1🤔1
#Innovatsiya #YoshlarTexnoparki

Farg‘onada yoshlar texnoparki ochildi


Texnoparkda 3D modellashtirish, IT dasturlash, elektrotexnika, robototexnika kabi 8 ta yo‘nalish bo‘yicha tahsil olish, zamonaviy kasblarni egallash uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Texnopark ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish hamda texnopark imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarurligini ta’kidladilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25🔥4❤3