Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Innovatsiya #YoshlarTexnoparki

Farg‘onada yoshlar texnoparki ochildi


Texnoparkda 3D modellashtirish, IT dasturlash, elektrotexnika, robototexnika kabi 8 ta yo‘nalish bo‘yicha tahsil olish, zamonaviy kasblarni egallash uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Texnopark ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish hamda texnopark imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarurligini ta’kidladilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25🔥4❤3
#TashkiliyQoʻmita #Yigʻilish #Muhandislik

Muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rik tanlovlarni o‘tkazishga oid Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

8-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov rahbarligida Muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” nomli respublika ko‘rik tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan Respublika tashkiliy qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda 2024/2025-o‘quv yilida muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovlarni samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Jumladan, tanlov uch bosqichda o‘tkazilishi belgilandi:
🟢Texnik ekspertiza bosqichi – 2025-yil aprel oyida yakunlangan;
🟢Dastlabki saralash bosqichi – 2025-yil may oyida;
🟢Yakuniy bosqich – 2025-yil iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ishtirokchilar texnik ekspertiza bosqichi natijalarini muhandis.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali bilib olishlari mumkin.

Mazkur tanlovlar orqali talabalar va yosh muhandislarning ilmiy-ijodiy salohiyatini rag‘batlantirish, innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash hamda texnik sohada iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsad qilingan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sport_oyligi #Talabalar_festivali

“Talabalar festivali” doirasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga ramziy start berish marosimi video lavha

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
😁8👍5🔥2
#Jarayon

8-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun o‘quv-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir “Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlandi. Unda ishtirokchilarga konsepsiyada belgilangan asosiy g‘oya, tamoyillar va maqsadlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Mavzu yuzasidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Matluba Qahhorova hamda qo‘mita raisi maslahatchisi Ilhom Ma’rupov ma’ruza bilan ishtirok etishdi. Ular konsepsiyaning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, diniy bag‘rikenglikni ta’minlashdagi roli, shuningdek, vijdon erkinligining qonuniy asoslari haqida atroflicha tushuntirishlar berishdi.

Tadbir so‘ngida vazirlik xodimlari tomonidan bildirilgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan javob qaytarilib, mavzu yuzasidan yuzaga kelgan qiziqishlarga batafsil ma’lumot berildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤8🔥1
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13