#Tayinlov
Farg‘ona davlat texnika universitetiga O‘ktam Salomov rahbarlik qiladi
12-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov va Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona davlat texnika universitetida boʻlib, hukumat qaroriga muvofiq rektor lavozimiga tayinlangan O‘ktam Salomovni universitet jamoasiga tanishtirdi.
Tadbirda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, viloyatda mavjud barcha oliy ta’lim muassasalari rektori va prorektorlari hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasi ishtirok etdi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar yangi tayinlangan rektorning mehnat faoliyatini e’tirof etib, masʼuliyatli vazifada omad tilashdi. Shuningdek, universitet jamoasiga ilmiy salohiyatni oshirish va Top 1000 talikka kirish bo‘yicha o‘z tilaklarini ham bildirib o‘tishdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍53🤔6❤4🔥2👏2
#Tanishtiruv
Namangan davlat universitetiga tayinlangan yangi rektor jamoaga tanishtirildi
12-may kuni Namangan davlat universitetida bo‘lib o‘tgan tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari G‘ulomjon Murodxo‘jayev universitet jamoasiga yangi rahbar – rektor lavozimiga tayinlangan Abdug‘affor Qirg‘izboyevni tanishtirdi.
Tadbirda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mas’ullari, viloyatda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, shuningdek, Namangan davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida shu kungacha universitet rektori lavozimida faoliyat olib borgan Sobitxon Turg‘unovga samimiy minnatdorchilik bildirilib, uning kelgusi mehnat faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi.
So‘zga chiqqanlar Abdug‘affor Qirg‘izboyevning ilmiy-pedagogik va rahbarlik faoliyati haqida to‘xtalib, unga yangi lavozimda ulkan zafarlar va samarali ishlar tilashdi.

👍36❤5😁4🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangilik #Tadqiqot #Sport
“Mini voleybol” sport turi bo‘yicha ilk musobaqa tashkil etildi
Doktorlik tadqiqoti doirasida ishlab chiqilgan yangi sport turi Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti Jo‘rabek Shukurullayev tomonidan yaratildi.
📹 Batafsil videolavhada
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Mini voleybol” sport turi bo‘yicha ilk musobaqa tashkil etildi
Doktorlik tadqiqoti doirasida ishlab chiqilgan yangi sport turi Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti Jo‘rabek Shukurullayev tomonidan yaratildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁7👍6❤1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yoshlar diplomatiyasiga ilk qadam!
🎓 🎓 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Talabalar festivali” doirasida o‘tkazilgan BMT modeli konferensiyasi bugungi yosh avlod uchun noyob imkoniyat maydoni bo‘ldi.
“Hamma uchun barqaror dunyo sari” shiori ostida tashkil etilgan ushbu konferensiyada ishtirokchilar diplomatlar rolida chiqish qilib, turli davlatlar nomidan nutq so‘zladi, global muammolar bo‘yicha bahs-munozaralarda qatnashdi.
BMT modeli ikki kun davomida yoshlar uchun diplomatik ko‘nikmalarni shakllantirish, yangi tanishuvlar va global fikrlashni rivojlantirish uchun kuchli platforma bo‘lib xizmat qildi.
#BMTmodeli #TalabalarFestivali
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Hamma uchun barqaror dunyo sari” shiori ostida tashkil etilgan ushbu konferensiyada ishtirokchilar diplomatlar rolida chiqish qilib, turli davlatlar nomidan nutq so‘zladi, global muammolar bo‘yicha bahs-munozaralarda qatnashdi.
BMT modeli ikki kun davomida yoshlar uchun diplomatik ko‘nikmalarni shakllantirish, yangi tanishuvlar va global fikrlashni rivojlantirish uchun kuchli platforma bo‘lib xizmat qildi.
#BMTmodeli #TalabalarFestivali
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3🔥2🤔1
⚡️Ovozli chat
Ertaga, 13-may soat 15:00 da “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash” Telegram kanalida “Akademik harakatchanlik” dasturiga hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish bo‘yicha ovozli chat bo‘lib o‘tadi.
Mavzu yuzasidan barcha savollaringizga ushbu efirda jonli ravishda Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislaridan javob olishingiz mumkin.

👍9🔥3❤2🤔1
#QonunchilikYangiliklari
Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi
🔰Farmonga ko‘ra, 2025-yil 15-maydan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va ushbu reyestrga tushish xavfi bo‘lgan oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga taqsimlanadi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ularning toifasiga qarab ko‘rsatiladi.
🔴 “Qizil” toifaga – oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:
🔹a’zolarining kamida 1 nafari sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan;
🔸parvarishga muhtoj a’zosi, shu jumladan, nogironligi mavjud farzandi bo‘lgan;
🔹o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi yoki yolg‘iz keksa yoxud yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxsdan iborat bo‘lgan;
🔸boquvchisini yo‘qotgan yoki boquvchisi jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan oila.
⚡️ 2025-yil 1-iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a’lo” baholarga o‘qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to‘lanadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi
“Kambag‘al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-84-son, 08.05.2025-y.) qabul qilindi.
🔰Farmonga ko‘ra, 2025-yil 15-maydan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va ushbu reyestrga tushish xavfi bo‘lgan oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga taqsimlanadi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ularning toifasiga qarab ko‘rsatiladi.
🔹a’zolarining kamida 1 nafari sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan;
🔸parvarishga muhtoj a’zosi, shu jumladan, nogironligi mavjud farzandi bo‘lgan;
🔹o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi yoki yolg‘iz keksa yoxud yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxsdan iborat bo‘lgan;
🔸boquvchisini yo‘qotgan yoki boquvchisi jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan oila.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29😁3❤2👏1
#talabaga_qulaylik
Namangan davlat texnika universitetida 1000 o‘rinli talabalar turar-joyi qurilishi yakunlanmoqda
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Namangan davlat texnika universiteti hududida bunyod etilayotgan yotoqxona qurilishi bilan tanishdi.
Asosiy ishlar yakuniga yetgan, hozirda binoda pardozlash, oyna o‘rnatish, jihozlash va santexnika ishlari olib borilmoqda.
Yotoqxona yangi o‘quv yiliga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Vazir o‘rinbosari bu joy talabalar uchun qulay va xavfsiz bo‘lishi zarurligini, aynan shu jihatlarga alohida e’tibor qaratilishi kerakligini ta’kidladi.

👍14❤2🤔2