Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#talabaga_qulaylik

Namangan davlat texnika universitetida 1000 o‘rinli talabalar turar-joyi qurilishi yakunlanmoqda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Namangan davlat texnika universiteti hududida bunyod etilayotgan yotoqxona qurilishi bilan tanishdi.

Asosiy ishlar yakuniga yetgan, hozirda binoda pardozlash, oyna o‘rnatish, jihozlash va santexnika ishlari olib borilmoqda.

Yotoqxona yangi o‘quv yiliga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Vazir o‘rinbosari bu joy talabalar uchun qulay va xavfsiz bo‘lishi zarurligini, aynan shu jihatlarga alohida e’tibor qaratilishi kerakligini ta’kidladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤2🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar #SportOyligi

⚡️Talaba-qizlar voleybol bo‘yicha O‘zbekiston oliy ligasi chempioni bo‘ldi!

Andijon davlat pedagogika instituti talaba-sportchilaridan iborat “ADPI” ayollar jamoasi voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Oliy liga musobaqalarida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Andijon viloyatining nomidan ishtirok etgan jamoa musobaqaning barcha bosqichlarida yuqori mahorat va jamoaviy ruhni namoyon etib, O‘zbekiston oliy ligasi chempioni degan sharafli unvonga sazovor bo‘ldi.

Chempion jamoani institut rahbariyati tantanali tarzda kutib olib, ularga esdalik sovg‘alari topshirdi hamda g‘alaba bilan tabrikladi.

Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi yurtimiz sport salohiyatini oshirish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍6🔥4🤩2😱1
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovni bugun, 12-may kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon qabul qildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥2
#innovatsiya #xalqaro_hamkorlik

Eronning “Silikon vodiysi” bilan yangi loyihalar yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston delegatsiyasining Eronning eng yirik innovatsion hududi — Pardis Technology Park (Pardis texnoparki)ga tashrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan yangi loyihalar bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi:

🟢INOTEX 2025 xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston startaplari uchun bepul stend joylari taqdim etiladi hamda Erondagi ishtirok xarajatlari qoplanadi.

🟢Texnologiya olimpiadasida O‘zbekiston yoshlari uchun alohida kvotalar ajratiladi va qatnashish to‘liq moliyalashtiriladi.

🟢O‘zbekiston va Eron texnoparklari o‘rtasida seminar (workshop)lar va koloboratsion dasturlar yo‘lga qo‘yiladi.

🟢Ikki davlat yoshlari uchun qo‘shma inkubatsiya dasturi orqali yagona startap muhitini yaratish rejalashtirilgan.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤2🔥2
#infografika #faoliyat_aprel

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil aprel oyi davomidagi faoliyati, yutuqlari va muhim tadbirlari

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10🔥4❤3