Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Urumchida “Xitoy va Markaziy Osiyo: sanoat, universitetlar, tadqiqotlar va fan-texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etishda hamkorlik” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi

2025-yil 12-may kuni Xitoyning Urumchi shahrida “Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida sanoat, universitetlar, ilmiy tadqiqotlar va fan-texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etishda hamkorlik” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Konferensiyada Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Belarus taʼlim vazirlari, universitetlar rektorlari, kompaniyalar vakillari va olimlar ishtirok etdilar.

Tadbirni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Sinszyan-Uygʻur avtonom rayoni partiya qoʻmitasi kotibi Ma Sinjuy va Xitoy taʼlim vaziri Xuay Szinpen ochib berdilar. Shuningdek, konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ham soʻzga chiqdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/53686

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16🔥3
#Xizmat_safari

Vazir o‘rinbosari Surxondaryodagi texnikumda yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi


13-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Surxondaryo viloyatiga xizmat safari doirasida Surxondaryo transport va qurilish texnologiyalari texnikumida bo‘ldi.

Tashrif chog‘ida vazir o‘rinbosari texnikumda tashkil etilgan o‘quv jarayonlari, professor-o‘qituvchilar faoliyati hamda moddiy-texnik baza bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, o‘quv binolari, zamonaviy laboratoriyalar, amaliyot xonalari, 60 o‘rinli ustaxona, sport zali, oshxona va 300 o‘rinli o‘quvchilar turar joyi holati ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/53746

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17🤔2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilarmidingiz #KasbBilanTanishuv

🔋Yaqin kelajakda eng talab yuqori bo‘ladigan sohalardan biri bu — qayta tiklanuvchi energiya manbaalariga xizmat ko‘rsatish sohasi.

🌱 Atrof-muhitni asrash va barqaror rivojlanishga intilayotgan davrimizda ushbu soha nafaqat istiqbolli, balki ijtimoiy mas’uliyatli kasb sifatida ham qadrlanmoqda.

💬 Bu boradagi ilk qadamlarini qanday boshlagani va soha unga qanday ilhom bergani haqida Shirin energetika texnikumi bitiruvchisi Jamshid Rahmatov quyidagicha fikr bildirdi (video).

Unutmang, to‘g‘ri tanlangan kasb – bu muvaffaqiyatli kelajak asosi! Siz ham o‘zingizga mos, qiziqarli va istiqbolli kasbni tanlang.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤1🔥1