Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#XalqaroHamkorlik

Oliy ta’lim bo‘yicha Xalqaro maslahat kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

13-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Xalqaro maslahat kengashi (XMK) vakillari – Alfrid Guzzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyule bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda XMK tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ning bajarilishi hamda Yevropa universitetlari bilan ta’lim va ilmiy hamkorlikni kengaytirish, akademik almashinuvlar, qo‘shma tadqiqotlar va dolzarb global yo‘nalishlarda loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/54079

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤3🔥2
#tayinlov

Sirdaryo viloyatidagi bir qator kasbiy ta’lim tashkilotlarida direktor lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan:


Mingboyev Sohaddin Muhiddinovich
– Guliston agrotexnologiyalar texnikumi direktori lavozimiga;

Rahmonov Husniddin Davriyevich – Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi direktori lavozimiga;

Boyto‘rayev Dilshod Karomatullayevich – Sirdaryo transport texnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17🔥3
#Xalqaro_hamkorlik

Perm politexnika
milliy tadqiqot universiteti bilan bir qator ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi

14-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev Perm politexnika milliy tadqiqot universiteti rektori Anton Petrochenkov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida tomonlar Perm politexnika milliy tadqiqot universiteti va O‘zbekistonning turdosh oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/54085

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤4🔥1
#Dayjest #ToʻmarisIzdoshlari #SportOyligi

Ayni kunlarda davlat oliy taʼlim muassasalari talaba-qizlari o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” sport tanlovi keng qamrovda o‘tkazilmoqda.

🏛Toshkent davlat yuridik universiteti;

🏛 Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti;

🏛 Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

🏛 Toshkent davlat texnika universiteti;

🏛 O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;

🏛 O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi;

🏛 Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;

🏛 Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti;

🏛 Geologiya fanlari universiteti;

🏛 Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

🏛 Jahon Iqtisodiyot va diplomatiya universiteti;

🏛 Alfraganus universiteti ;

🏛 O’zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;

🏛 Toshkent arxitektura-qurilish universiteti ;

🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

🏛 Guliston davlat pedagogika instituti;

🏛 Qarshi davlat universiteti;

🏛 Toshkent davlat transport universiteti ;

🏛 Milliy rassomlik va dizayn instituti;

🏛 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ;

🏛 O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti;

🏛 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

🏛 Qo‘qon davlat universiteti;

🏛 Jizzax davlat pedagogika universiteti.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤1🔥1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IlmFan #Tadqiqot #Arxeologiya

📍Termiz davlat universiteti olimlari xalqaro grantlar doirasida 10 ga yaqin xorijlik arxeologlar bilan hamkorlikda yurtimizning qadimiy tarixiga oid muhim manbalarni yig‘ishmoqda.

🏛 Bu jarayon universitet huzurida faoliyat yuritayotgan Arxeologiya laboratoriyasi bazasida olib borilmoqda. Mazkur ilmiy markaz to‘plangan materiallarni joyida tahlil qilish imkonini beradi.

🎥 Batafsil videolavhada

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍15🔥4❤2
#Live #Prezident #Yigʻilish

Barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan o‘zgarishi belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida buni Termiz davlat pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.

Bu oliygohga Yangi O‘zbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. “Top” xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar o‘rnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.

Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika universiteti ta’lim dasturlari joriy etiladi. Qolganlari esa Kembrij universiteti talablari asosida to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi.

Oliygohdagi fanlar soni ham maqbullashib, 20 tadan 15 taga, ta’lim yo‘nalishlari 31 tadan 17 taga tushiriladi, o‘quv yuklamasi 20 foizga qisqaradi.

Termiz shahri va tumanidagi 47 ta maktab oliygohning amaliyot bazasiga aylantiriladi. 3 ta ixtisoslashgan hamda yangi baholash tizimiga o‘tgan 12 ta maktab esa metodik baza bo‘lib, oliygoh ularni zamonaviy laboratoriya bilan ta’minlaydi.

Oliygohning xorijiy til sertifikati bor 20 nafar o‘qituvchisi shu yil Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur kabi davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

Kelgusi uch yilda institutning barcha professor-o‘qituvchilari xorijiy til sertifikatini olib, chet elda o‘qib keladi.

Bu tizim barcha pedagogika oliygohlarida joriy etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍26😱7❤5🔥1👏1
Edu.uz
#Live #Prezident #Yigʻilish Barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan o‘zgarishi belgilandi Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida buni Termiz davlat pedagogika instituti misolida tushuntirib…
Nodavlat oliygohlarda pedagog tayyorlash sifati nazoratga olinadi 

Yig‘ilishda xususiy oliygohlar faoliyatiga keng yo‘l ochib berilgani, lekin ularda pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarning 70 foizi maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim va filologiya bo‘yicha o‘qiyotgani ko‘rsatib o‘tildi. 

“Aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha pedagoglarni ko‘paytirmasak, IT, “yashil” energetika, “sun’iy intellekt”, “yangi materiallar” kabi dolzarb sohalarga minglab kadrlarni qayerdan yetkazamiz? Bundan buyon xususiy oliygohlardagi pedagogik yo‘nalishlar davlat institutlari bilan bir xil bo‘ladi”,

 — dedi Prezident.

Ulardagi pedagoglar va talabalar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi. Shu orqali nodavlat oliygohlarda pedagog tayyorlash sifati nazoratga olinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍30🔥1👏1