#XalqaroAnjuman #Vazir #Xitoy
Uxanda jahon taʼlimining raqamli kelajagi muhokama qilinmoqda
Uxan shahrida 2025-yilgi Raqamli taʼlim boʻyicha jahon konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda. 14–16-may kunlari boʻlib oʻtadigan mazkur nufuzli xalqaro anjuman Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vazirligi, YUNESKO ishlari boʻyicha Xitoy milliy komissiyasi va
Xubey viloyati xalq hukumati hamkorligida tashkil etilmoqda. Tadbirning bosh tashkilotchilaridan biri – Uxan universiteti (WHU) boʻlib, universitet doirasida bir qator muhim uchrashuvlar va taqdimotlar oʻtkazilmoqda.
Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirok etmoqda.
“Rivojlanish va transformatsiya: Intellektual davrda taʼlim” shiori ostida oʻtayotgan tadbirda intellektual texnologiyalar, sunʼiy intellekt imkoniyatlari, taʼlimda raqamli yechimlar hamda global hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/54289
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍10🔥7❤4🎉1
#XalqaroHamkorlik #Tarjima #Darslik
“Iqtisodiy va moliyaviy strategiya” darsligi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
15-may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti professori, iqtisod fanlari doktori, Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi Vladimir Lvovich Kvint muallifligidagi “Iqtisodiy va moliyaviy strategiya” darsligining o‘zbek tilidagi tarjima nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev ham ishtirok etib, mazkur asarning strategik fikrlashni shakllantirishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratdi:
Mazkur darslik O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti olimlari tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etildi. Unda strategik rejalashtirishning falsafiy va nazariy asoslari, strategiya ishlab chiqish metodologiyasi, moliyaviy rejalashtirish tamoyillari, strategik boshqaruv va liderlik masalalari yoritilgan.

— Har qanday rivojlanishning poydevori — bu aniq maqsad va uni amalga oshirish yo‘lida ishlab chiqilgan mukammal strategiyadir. Vladimir Kvintning asari ana shunday strategik yondashuvni o‘rgatadigan muhim manbadir. Bu darslik orqali yoshlarimiz iqtisodiy fikrlashni, uzoqni ko‘ra olish va yetakchilik salohiyatini rivojlantiradi," — dedi u.
Mazkur darslik O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti olimlari tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etildi. Unda strategik rejalashtirishning falsafiy va nazariy asoslari, strategiya ishlab chiqish metodologiyasi, moliyaviy rejalashtirish tamoyillari, strategik boshqaruv va liderlik masalalari yoritilgan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤2🔥1😱1
#Eʼlon #Tanlov #Vakansiya #Texnikum
📣 Vakant direktor lavozimlari uchun ochiq mustaqil tanlov
🔰 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi 44 ta kasbiy ta’lim tashkilotlarining vakant direktor lavozimi uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.
📃 Vakant direktor lavozimlari ro‘yxati bu yerda👈
🌐 Talabgorlar tomonidan arizalarni yuborish 👉 https://vacancy.edu.uz/ sayti orqali amalga oshiriladi.
🗓 Hujjatlar 2025-yil 25-mayga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔰 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi 44 ta kasbiy ta’lim tashkilotlarining vakant direktor lavozimi uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.
📃 Vakant direktor lavozimlari ro‘yxati bu yerda👈
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤4
#texnopark #BMT
Bugun BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yoshlar ofisi rahbari Felipe Paulliyer Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “INNO” texnoparkka tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Felipe Paulliyer texnoparkda yoshlar tomonidan ishlab chiqilayotgan innovatsion loyihalar va startaplar bilan yaqindan tanishdi.
Nufuzli mehmon “INNO” texnoparkka talabalar uchun yaratilgan amaliyot dasturlari hamda Yoshlar akademiyasi bilan hamkorlikda innovatsion g‘oyalarni prototip holatiga keltirish tizimining amaliy natijalari bilan yaqindan tanishib, ularni yuqori baholadi.
Shuningdek, “INNO” texnoparkka yoshlar innovatsiyalarini rivojlantirish maqsadida shakllantirilgan “g‘oya - ixtiro - startap - biznes” tizimi bo‘yicha o‘z takliflarini berib o‘tdi.

👍19❤5🔥5😁2👏1
#xorijiy_OAV_nigohida
Oʻzbekiston va Eron taʼlim sohasida hamkorlikni mustahkamlash yoʻlida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar taʼlim vazirlarining IX yigʻilishi doirasida Eron Islom Respublikasi fan vaziri Husayn Simayi-Sarrof bilan uchrashdi. Bu haqida “Tehron Times” nashri xabar berdi.
Vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekistonda yaratilgan qoʻshma texnopark faoliyati haqida soʻz yuritib, shunday markazlarni yanada kengaytirish zarurligini qayd etdi. Shuningdek, u Sharif texnologiya universiteti bilan avval imzolangan kelishuvga toʻxtalib, hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanini bildirdi.
Oʻz navbatida, Simayi-Sarrof yangi texnoparklar va xalqaro innovatsiya hududlarini birgalikda tashkil etish muhimligini taʼkidladi.

👍26🔥3❤1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Elon #Festival #Turizm
Joriy yilning 23-24-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashabbusi bilan “Mizdaxkon muqaddas va sirli maskan II” xalqaro yoshlar festivali o‘tkaziladi.
Festival doirasida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Joriy yilning 23-24-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashabbusi bilan “Mizdaxkon muqaddas va sirli maskan II” xalqaro yoshlar festivali o‘tkaziladi.
Festival doirasida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤2
#TalabalarLigasi #Taqdirlash #SportOyligi
“Talabalar ligasi” sport musobaqalarining 3 ta sport turi bo‘yicha respublika final bosqichi yakunlandi
Musobaqaning final bosqichi uchun mas’ul oliy ta’lim muassasasi sifatida O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti belgilandi. Mazkur institutda shaxmat bo‘yicha bahslar o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 60 nafar talaba ishtirok etdi.
Badminton bo‘yicha musobaqalar Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetida tashkil etilib, 120 nafar talaba g‘oliblik uchun bellashdi. Shu bilan birga, Samarqand davlat universitetining sport zalida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqalarida ham 120 nafar talaba ishtirok etdi.
Musobaqa natijalari:
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🔹 Shaxmat (qizlar o‘rtasida):
1-o‘rin — M.Bobomurodov (Toshkent viloyati)
2-o‘rin — O.Shaxzodova (Samarqand viloyati)
3-o‘rin — S.Safarova (Toshkent shahar)
🔹 Shaxmat (o‘g‘il bolalar o‘rtasida):
1-o‘rin — D.Sharipov (Toshkent viloyati)
2-o‘rin — Sh.Tojiboyev (Toshkent shahri)
3-o‘rin — I.Raimjonov (Namangan viloyati)
🔹 Badminton:
1-o‘rin — Toshkent viloyati
2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi
3-o‘rin — Andijon viloyati
🔹 Stol tennisi:
1-o‘rin — Toshkent viloyati
2-o‘rin — Xorazm viloyati
3-o‘rin — Farg‘ona viloyati

👍12🔥2❤1