Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#SportOyligi

“Lochin”ning muvaffaqiyatli parvozi

Qarshi davlat universiteti huzuridagi “Lochin” futbol klubi joriy yilda rasman O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) a’zosiga aylanib, O‘zbekiston kubogi va Birinchi ligada muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Eng yorqin yutuqlardan biri O‘zbekiston kubogi doirasida qayd etildi — “Lochin” Superliganing “Surxon” va amaldagi kubok sohibi “Andijon” kabi tajribali jamoalarini mag‘lub etib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

Shuningdek, universitetning “Lochin” voleybol jamoasi ham ilk ishtirokidayoq O‘zbekiston chempionati finaliga yo‘llanma oldi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤4🔥4
#Qalqon #Munosabat

“Biz bor joyda jinoyat yo‘q – biz bor joylar xavfsiz hudud!”


“Qalqon” – bu shunchaki jamoa emas, bu vatanparvarlik va intizom maktabidir. Ushbu jamoatchilik guruhi Qurolli Kuchlar tuzilmalari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.

“Qalqon” loyihasi haqida oliy ta’lim muassasalari rahbar va mas’ullari “Mahalla ko‘zgusi” ilmiy-ommabop jurnalda o‘z fikrlarini bayon etishdi.

📰 Maqolani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19🔥2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon #SportOyligi

“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining Toshkent shahri bosqichi bo‘lib o‘tdi

“To‘marisning kuchi bizda!” shiori ostida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining Toshkent shahri bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Toshkent davlat tibbiyot universiteti mezbonlik qildi.

Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi — yosh avlod, ayniqsa talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, irodali, faol va yetakchi qizlarni tarbiyalashga ko‘maklashishdan iborat.

Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarini qamrab olgan ushbu bosqichda 33 ta jamoa faol ishtirok etdi. Musobaqa jarayonida talabalar jismoniy tayyorgarlik, jamoaviy hamjihatlik va yetakchilik ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

Musobaqa yakunida g‘olib deb topilgan jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi va tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍10👏2
#XalqaroHamkorlik

HBMSU delegatsiyasi bilan uchrashuv: innovatsion ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlik kengaymoqda

16-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Hamdan bin Muhammad Aqlli universiteti (HBMSU) rektori Mansur Alavar boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mehmonlarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev hamda Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabboyev qabul qildilar.

Uchrashuv davomida HBMSU faoliyati haqida taqdimot qilindi. Shuningdek. muloqot davomida qo‘shma ta’lim dasturlari va innovatsiyalar sohasida istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari, shuningdek, zamonaviy xalqaro ta’lim maydonidagi so‘nggi tendensiyalar, xususan, raqamli ta’limni rivojlantirishning afzalliklari va istiqbollari borasida ham fikr almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/54572

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤2🔥2
#Tayinlov

Buxoro viloyatidagi bir qator kasbiy ta’lim tashkilotlarida direktor lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan:


Ataqulov Asqad Raimqulovich Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi direktori lavozimiga;

Bobomurodov Sherzod Shomurodovich Buxoro shahar politexnikumi direktori lavozimiga;

Komilova Dilorom Narzulloyevna G‘ijduvon agrotexnologiyalar texnikumiga direktori lavozimiga;

Sodiqov Nodir Tolibovich Kogon shahar politexnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23🔥5❤2