Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#XalqaroHamkorlik

HBMSU delegatsiyasi bilan uchrashuv: innovatsion ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlik kengaymoqda

16-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Hamdan bin Muhammad Aqlli universiteti (HBMSU) rektori Mansur Alavar boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mehmonlarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev hamda Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabboyev qabul qildilar.

Uchrashuv davomida HBMSU faoliyati haqida taqdimot qilindi. Shuningdek. muloqot davomida qo‘shma ta’lim dasturlari va innovatsiyalar sohasida istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari, shuningdek, zamonaviy xalqaro ta’lim maydonidagi so‘nggi tendensiyalar, xususan, raqamli ta’limni rivojlantirishning afzalliklari va istiqbollari borasida ham fikr almashildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/54572

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤2🔥2
#Tayinlov

Buxoro viloyatidagi bir qator kasbiy ta’lim tashkilotlarida direktor lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan:


Ataqulov Asqad Raimqulovich Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi direktori lavozimiga;

Bobomurodov Sherzod Shomurodovich Buxoro shahar politexnikumi direktori lavozimiga;

Komilova Dilorom Narzulloyevna G‘ijduvon agrotexnologiyalar texnikumiga direktori lavozimiga;

Sodiqov Nodir Tolibovich Kogon shahar politexnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23🔥5❤2
#TopshiriqIjrosi #Yigʻilish

Prezident islohotlarini amalga oshirish, ta’lim sifatini ta’minlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish ustuvor vazifamiz

Joriy yil 15-may kuni Prezidentimiz rahbarligida maktab taʼlimi tizimidagi islohotlarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda taʼlimning barcha bosqichlarida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, yoshlar tarbiyasi va salohiyatini roʻyobga chiqarish boʻyicha muhim vazifalar belgilandi.


Prezident tomonidan yoshlar boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi eʼlon qilindi. Ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida yigʻilish oʻtkazilib, uni vazirning birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev va vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov olib bordi.

Yigʻilishda barcha oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari hamda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorlar bilan taʼlim muassasalarida yozgi taʼtil davrini samarali tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/54618

Bizni
kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤4👏2🔥1
#OliyTaʼlim #XalqaroHamkorlik #IlmiyDiplomatiya

AQSh va O‘zbekiston: oliy ta’limdagi hamkorlik yangi bosqichda

AQShning Yuta shtati Senati Prezidenti Adams Styuart va Jahon savdo tashkiloti rahbari Jef Fleyk boshchiligidagi delegatsiya Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi hay’at kutib oldi va mamlakatimizda oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, xususan texnika va muhandislik sohalaridagi kadrlar tayyorlashga qaratilgan sa’y-harakatlar haqida ma’lumot berdi.

Muloqotda energetika, axborot texnologiyalari, mashinasozlik, arxitektura va qurilish, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va farmasevtika yo‘nalishlaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/54705

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18🔥3❤1