Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Tayinlov

Buxoro viloyatidagi bir qator kasbiy ta’lim tashkilotlarida direktor lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan:


Ataqulov Asqad Raimqulovich Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi direktori lavozimiga;

Bobomurodov Sherzod Shomurodovich Buxoro shahar politexnikumi direktori lavozimiga;

Komilova Dilorom Narzulloyevna G‘ijduvon agrotexnologiyalar texnikumiga direktori lavozimiga;

Sodiqov Nodir Tolibovich Kogon shahar politexnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23🔥5❤2
#TopshiriqIjrosi #Yigʻilish

Prezident islohotlarini amalga oshirish, ta’lim sifatini ta’minlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish ustuvor vazifamiz

Joriy yil 15-may kuni Prezidentimiz rahbarligida maktab taʼlimi tizimidagi islohotlarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda taʼlimning barcha bosqichlarida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, yoshlar tarbiyasi va salohiyatini roʻyobga chiqarish boʻyicha muhim vazifalar belgilandi.


Prezident tomonidan yoshlar boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi eʼlon qilindi. Ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida yigʻilish oʻtkazilib, uni vazirning birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev va vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov olib bordi.

Yigʻilishda barcha oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari hamda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorlar bilan taʼlim muassasalarida yozgi taʼtil davrini samarali tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/54618

Bizni
kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤4👏2🔥1
#OliyTaʼlim #XalqaroHamkorlik #IlmiyDiplomatiya

AQSh va O‘zbekiston: oliy ta’limdagi hamkorlik yangi bosqichda

AQShning Yuta shtati Senati Prezidenti Adams Styuart va Jahon savdo tashkiloti rahbari Jef Fleyk boshchiligidagi delegatsiya Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi hay’at kutib oldi va mamlakatimizda oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, xususan texnika va muhandislik sohalaridagi kadrlar tayyorlashga qaratilgan sa’y-harakatlar haqida ma’lumot berdi.

Muloqotda energetika, axborot texnologiyalari, mashinasozlik, arxitektura va qurilish, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va farmasevtika yo‘nalishlaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/54705

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18🔥3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Talabalar festivali” – millionlab yoshlarni birlashtirayotgan yirik tashabbus

Joriy yil 1-maydan 25-maygacha bo‘lib o‘tayotgan “Talabalar festivali” butun O‘zbekiston bo‘ylab millionlab yoshlarni qamrab olib, ularni bir maqsad yo‘lida birlashtirishga xizmat qilmoqda.

Mazkur festival Yoshlar ishlari agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, u doirasida yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlarga boy loyihalar, tanlovlar va interaktiv tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Festivalning asosiy maqsadi — yoshlarni faollikka chorlash, ularning tashabbuskorligini rag‘batlantirish va o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishiga ko‘maklashishdan iborat.

“Talabalar festivali” – bu faqat tadbirlar majmuasi emas, balki yoshlar hayotida muhim burilish yasashi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar maydonidir. Unda faol ishtirok eting, o‘z iste’dodingiz va tashabbuslaringizni namoyon eting!

🔗Festivalda ishtirok etish va ro‘yxatdan o‘tish uchun: @yoshtanlovibot

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤4😁2🔥1
Edu.uz pinned a video