Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Vazir Pekin texnologiya universitetida: yuqori malakali muhandislarni tayyorlash boʻyicha yangi tashabbuslar ilgari surildi

16-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qongʻirotboy Sharipov Pekin texnologiya universiteti prezidenti, akademik Szyan Lan bilan uchrashuvda Oʼzbekistonda taʼlim, fan va texnologiya yoʼnalishlarini qamrab olgan taʼlim klasterini tashkil etish masaladini muhokama qildi.

Tashrif doirasida oʻzbek delegatsiyasi Milliy elektromobillarni tadqiq qilish markazi faoliyati bilan ham tanishdi.

Batafsil:https://gov.uz/oz/edu/news/view/54808

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤1🔥1😁1
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston vaziri Sian neft universiteti rahbariyati bilan uchrashdi


O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Xitoyga tashrifi doirasida Sian neft universiteti rektori Van Szzinfu bilan uchrashdi.

Tomonlar ta’lim va fan sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, O‘zbekistonda malakali kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratdilar.

Vazir ikki davlat hukumatlari ko‘magi va oliy darajadagi kelishuvlar hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam asos ekanini ta’kidladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15🔥1😁1
#xalqaro_anjuman

Axborot-resurs markazi xodimlari “Axborot-kutubxona a’lchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi


2025-yil 15–17-may kunlari Farg‘ona davlat universitetida 1999-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Central Asia – 2025: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” nomli XVIII xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili Komiljon Mavlyanov “Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston SSRda kutubxonachilik ishi tarixi” mavzudagi ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, konferensiya doirasida axborot-kutubxona sohasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh ilg‘or mutaxassislar “Axborot-kutubxona a’lchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi axborot-resurs markazlarining 6 nafar rahbar va yetakchi mutaxassisi ushbu mukofotga loyiq deb topildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/54786

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤2🔥2
#xalqaro_hamkorlik

Vazir Xitoydagi universitetlar rektorlari va talabalar bilan uchrashdi


O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Xitoyga tashrifi doirasida Uxan politexnika va Sinszyan tibbiyot universitetlari rahbariyati bilan uchrashdi. Muhokamalarda qo‘shma loyihalar, akademik almashinuv va ilmiy hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Xitoydagi o‘zbek talabalari bilan uchrashuvlarda ularning ta’lim sharoitlari va takliflari tinglandi. Vazir talabalarni ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik ko‘prigi, deya e’tirof etdi.

Batafsil:https://gov.uz/oz/edu/news/view/54815

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16🔥1😁1