#Live #XalqaroForum #OliyTaʼlim #Toshkent
O‘zbekiston va Fransiya oliy ta’lim forumi boshlandi
19–20-may kunlari O‘zbekiston Milliy universitetida “O‘zbek-Fransuz universiteti: istiqbollari va taraqqiyoti” mavzusida oliy ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Fransiya Respublikasi Yevropa va tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi Anne-Mari Deskot boshchiligidagi delegatsiya a’zolari, Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Aureliya Bushe, Puate, Renn, Lion-2, Gavr-Normandiya kabi nufuzli fransuz universitetlari rahbarlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev boshchiligidagi mutasaddilar, O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari va olimlari hamda Xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar vakillari ishtirok etishmoqda.
Mazkur anjuman ikki davlat o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, istiqboldagi qo‘shma loyihalar va ta’lim dasturlarini muhokama qilish, shuningdek, amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍18❤6🔥1
#Jarayon #Final #SportOyligi
Yurtimiz oliy ta’lim muassasalari bo‘ylab “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining final bahslari o‘tkazilmoqda
📍 Xorazm: 17–20-may kunlari Urganch davlat universitetida kurash bo‘yicha Respublika final bosqichiga start berildi.
Musobaqada Respublikamizning 14 ta hududidan jami 252 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.
📍 Buxoro: Joriy yilning 17–23-may kunlari voleybol bo‘yicha Respublika final bosqichi Buxoro davlat universitetida o‘tkazilmoqda.
Musobaqada Respublikamizning 14 ta hududidan jami 368 nafar ishtirokchi g‘oliblik uchun bahslashmoqda.
📍 Andijon: 18–22-may kunlari Andijon davlat universitetida mini futbol (futzal) va yengil atletika turlari bo‘yicha respublika final bosqichi o‘tkazilmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Yurtimiz oliy ta’lim muassasalari bo‘ylab “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining final bahslari o‘tkazilmoqda
Musobaqada Respublikamizning 14 ta hududidan jami 252 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.
Musobaqada Respublikamizning 14 ta hududidan jami 368 nafar ishtirokchi g‘oliblik uchun bahslashmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥3❤1
#Tayinlov
Qarshi davlat texnika universiteti rektori etib Sherzod Ne’matov tayinlandi
19-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov va Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov hukumat qaroriga muvofiq rektor lavozimiga tayinlangan Sherzod Qalandarovich Ne’matovni universitet jamoasiga tanishtirdi.
Tadbirda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, viloyatda mavjud barcha oliy ta’lim muassasalari rektori va prorektorlari hamda Qarshi davlat texnika universiteti jamoasi ishtirok etdi.
Sh. Ne’matov bunga qadar Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlagan.

👍87🔥6❤4👏4🎉2