Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Konferensiya #YoshlarBandligi

O‘zbekiston energetikasi uchun malakali kadrlar tayyorlash masalasi muhokama etildi

20-may kuni Toshkent shahridagi “MEI” Milliy tadqiqot universiteti filialida “O‘zbekiston Respublikasi uchun energetika sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Energetika vazirligi, Rossiya Federatsiyasi elchixonasi vakillari, soha korxonalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Konferensiyaning maqsadi bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishishga qaratilgan.

Anjuman doirasida talabalarning ish beruvchilar bilan uchrashuvi hamda ko‘rgazmali qurilmalar namoyishi ham tashkil etildi. “O‘zbekgidroenergo”, “Milliy elektr tarmoqlari”, “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ kabi yirik korxonalar bilan talabalar bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda “MEI” filialida 7 ta kunduzgi va 6 ta sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 596 nafar talaba tahsil olmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23🔥1
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Batirbek Tulepbergenovich Kaipbergenov Nukus davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.

B.Kaipbergenov bungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlagan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍65👏6❤4🎉4🔥3
#ikkinchi_kun #forum

O‘zbekiston–Fransiya oliy ta’lim forumi davom etmoqda

Bugun O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston va Fransiya oliy ta’lim tizimi vakillari ishtirokida “O‘zbek–Fransuz universiteti: istiqbollari va taraqqiyot” mavzusida forumning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur anjumanda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari rektor va prorektorlari, olimlar, xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar vakillari ishtirok etib, O‘zbekistonda yangidan tashkil etilayotgan O‘zbek–Fransuz universitetining konsepsiyasi, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.

Forum doirasida, shuningdek, “Fransuz tilini xorijiy til sifatida o‘rganish magistratura dasturi: maqsad va istiqbollari” mavzusida muhim uchrashuv o‘tkazildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤2
#aksiya

Toza qoʻl – sogʻlom hayot!

Unutmang:


🔹Qoʻl yuvish orqali kasalliklarning 80% oldini olish mumkin. Sovun bilan qoʻl yuvish gripp, OʻRVI, diareya kabi kasalliklardan samarali himoya qiladi.

🔹Qoʻl yuvish nafaqat sogʻliq, balki iqtisodiy foyda ham keltiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisob-kitobiga koʻra, gigiyena qoidalariga amal qilish orqali har yili milliardlab dollar tibbiy xarajatlar kamayadi.

🔹Qoʻl yuvish bolalar hayotini saqlab qoladi. Dunyoda har yili millionlab bolalar qoʻl gigiyenasiga amal qilinmagani sababli hayotdan ko‘z yumadi.

Oliy ta’lim muassasalari ham “Toza qoʻllar” aksiyasida faol ishtirok etishmoqda:

➡️Andijon davlat tibbiyot institutining barcha qoʻl yuvish joylari zarur sanitariya-gigiyena vositalari bilan taʼminlandi;

➡️Xalqaro innovatsion universiteti “Talabalar turar joyi”da “Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish” mavzusida “Toza qo'llar” tadbiri o'tkazildi;

➡️TDTU Termiz filiali talabalari tomonidan qo‘llarni to‘g‘ri yuvish texnikasi bo‘yicha video tavsiya tayyorlandi.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1🥰1👏1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Konferensiya

📹 “O‘zbekiston Respublikasi uchun energetika sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash” mavzusiga bag‘ishlangan konferensiya jarayonlaridan videolavha

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥1
O‘zbekiston va Vengriya rektorlarining uchinchi forumini o‘tkazish taklif qilindi

“Karmelita” saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston-Vengriya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, madaniy-gumanitar sohadagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Kelgusi yilni O‘zbekiston va Vengriya madaniyati yili deb e’lon qilish taklifi bildirildi.

Ta’lim almashinuvi bo‘yicha “Stipendium Hungaricum” dasturi doirasidagi hamkorlik davom ettiriladi. Shuningdek, ikki mamlakatda tan olinadigan diplomlar berish tizimini joriy etish va mamlakatimizda Vengriya oliy ta’lim muassasalarining filiallarini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shu ma’noda, joriy yilda Toshkent shahrida O‘zbekiston va Vengriya rektorlarining uchinchi forumini o‘tkazish taklif qilindi.

#Mirziyoyev #Tashrif #Vengriya #Muzokara

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20🔥3❤1