Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_anjuman

Oʻzbekiston–Fransiya taʼlim forumi muvaffaqiyatli yakunlandi

19–20-may kunlari Oʻzbekiston Milliy universiteti mezbonlik qilgan Oʻzbekiston–Fransiya taʼlim forumi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ikki kunlik forumda har ikki mamlakatning oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiya sohasidagi yetakchi muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirning yopilish marosimida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev, Fransiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Aureliya Bushe xonim hamda ikki davlatning yetakchi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Ushbu xalqaro anjuman doirasida qizgʻin, foydali va oʻzaro manfaatli fikrlar almashinuvi boʻlib oʻtdi. Ikkala tomondan ham oliy taʼlim jarayoniga oid qator muhim fikrlar va yangi gʻoyalar ilgari surildi.

Forumning eng muhim yangiligi sifatida 2025/2026-oʻquv yilidan Oʻzbekistonda Oʻzbek–Fransuz universiteti oʻz faoliyatini boshlashi belgilab olindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13👏2🔥1
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Dilnoza Shavkatovna Xo‘jayeva Qo‘qon davlat universiteti rektori etib tayinlandi.

D. Xo‘jayeva bungacha Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlagan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍154🔥11👏5🤔5❤4
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan To‘laganov Bahrom Abduqobilovich Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori etib tayinlandi.

B. To‘laganov tayinlovga qadar Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Strategik rivojlantirish boʻyicha birinchi prorektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍73🔥9❤6🎉3👏2
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Sadoqat G‘afforovna Siddiqova Buxoro davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.

S.Siddiqova bungacha Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori lavozimida ishlagan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
103👍194❤119🔥92🎉90👏25
#Live #OchilishMarosimi #TalabaEkspo_2025 #TalabaFest

“TalabaExpo–2025” koʻrgazmasi boshlandi!

Ayni vaqtda “Zakovat” arena binosida yoshlar, taʼlim, innovatsiya va tadbirkorlik olamining eng yirik va nufuzli tadbirlaridan biri – “TalabaExpo–2025” ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Bitiruvchilar kuni”ga bag‘ishlangan “Talaba – kelajak” nomli tantanali ochilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, “O‘zMilliybank” AJ Kelajakka qadam markazi direktori Elmurod Hoshimov, “Aloqabank” ATB boshqaruv raisi maslahatchisi Alisher Qurbonov hamda Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Nodira Shotursunova yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Tadbirda 1 500 nafar talaba va yosh mutaxassislar ishtirok etib, tajribali mutasaddilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

“Talaba – kelajak” uchrashuvi – bu nafaqat bitiruvchilar uchun yo‘l ko‘rsatuvchi maydon, balki ularning yangi bosqichdagi hayot yo‘lida ishonchli tayanchdir.

Tadbirlar davom etmoqda

📍Beruniy metro, “Zakovat” arena

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👏9❤4🔥3🎉2