#Live #OchilishMarosimi #TalabaEkspo_2025 #TalabaFest
“TalabaExpo–2025” koʻrgazmasi boshlandi!
Ayni vaqtda “Zakovat” arena binosida yoshlar, taʼlim, innovatsiya va tadbirkorlik olamining eng yirik va nufuzli tadbirlaridan biri – “TalabaExpo–2025” ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Bitiruvchilar kuni”ga bag‘ishlangan “Talaba – kelajak” nomli tantanali ochilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, “O‘zMilliybank” AJ Kelajakka qadam markazi direktori Elmurod Hoshimov, “Aloqabank” ATB boshqaruv raisi maslahatchisi Alisher Qurbonov hamda Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Nodira Shotursunova yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Tadbirda 1 500 nafar talaba va yosh mutaxassislar ishtirok etib, tajribali mutasaddilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
“Talaba – kelajak” uchrashuvi – bu nafaqat bitiruvchilar uchun yo‘l ko‘rsatuvchi maydon, balki ularning yangi bosqichdagi hayot yo‘lida ishonchli tayanchdir.
Tadbirlar davom etmoqda
📍 Beruniy metro, “Zakovat” arena
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👏9❤4🔥3🎉2
#Tayinlov
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Rasul Nortojiyevich To‘rayev Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori etib tayinlandi.
R.To‘rayev tayinlovga qadar Termiz davlat universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori sifatida faoliyat yuritgan.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Rasul Nortojiyevich To‘rayev Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori etib tayinlandi.
R.To‘rayev tayinlovga qadar Termiz davlat universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori sifatida faoliyat yuritgan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍131🔥18👏15🎉11🤩1
#tanishtiruv
Qo‘qon davlat universiteti jamoasiga yangi rektor tanishtirildi
21-may kuni Qo‘qon davlat universitetida yangi rektorni tanishtirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tashkiliy yig‘ilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, hukumat qaroriga asosan universitet rektori lavozimiga tayinlangan Dilnoza Xo‘jayevani jamoaga tanishtirdi.
Tadbirda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi vakillari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, prorektorlar, shuningdek, universitetning professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar Dilnoza Xo‘jayevaning ilm-fan sohasidagi boy tajribasi, fidokorona mehnati va tashkilotchilik salohiyatini yuksak baholab, yangi mas’uliyatli lavozimida muvaffaqiyatlar tilashdi.

👍38❤5🤔2🔥1🤩1