Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#tanishtiruv

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti jamoasiga yangi rektor tanishtirildi

21-may kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyev, vazirlik hududiy boshqarmasi vakillari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, prorektorlar, universitet professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida hukumat qaroriga asosan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori lavozimiga tayinlangan Bahrom To‘laganov rasmiy ravishda jamoaga tanishtirildi.

So‘zga chiqqanlar yangi rahbarning ilmiy salohiyati, kasbiy tajribasi va boshqaruv qobiliyatini alohida ta’kidlab, unga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilashdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27🔥3❤2👏1🤩1
#Tanlov #UlugʻbekVorislari #Final

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining respublika bosqichiga rasman start berildi


21-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov 2022-yildan buyon har yili an’anaviy tarzda tashkil etilib, iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutadi.

Ochilish marosimida Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati va mas’ullari, shuningdek, tanlovda ishtirok etuvchi talabalar qatnashdi.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/55863

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤3🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaEkspo_2025 #TalabaFikri #Jarayon

“TalabaExpo–2025” — talaba-yoshlar uchun imkoniyatlar eshigini ochuvchi yirik platformaga aylandi!

📍Beruniy metro, “Zakovat” arena

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤1
#XalqaroHamkorlik #Erasmus

INMACOM loyihasi bo‘yicha navbatdagi hisobot uchrashuvi Italiyaning Turin shahrida bo‘lib o‘tdi

Erasmus+ “Oliy ta’lim salohiyatini oshirish” (CBHE) dasturi doirasida amalga oshirilayotgan INMACOM loyihasining navbatdagi hisobot uchrashuvi Italiyaning Turin politexnika universitetida tashkil etildi.

Mazkur loyiha Yevropa Ittifoqining Erasmus+ CBHE dasturi doirasida amalga oshirilmoqda va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xalqaro tashabbusda asosiy strategik hamkor sifatida faol ishtirok etmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/55444

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥1🎉1