Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Lyublyana shahriga tashrif doirasida Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musar bilan birgalikda qo‘shma biznes forumida ishtirok etdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤3🔥2👏2
SAT imtihonlari Agentlikda tashkil etiladi.

✅ Joriy yilning 22-may kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda “College Board” tashkiloti o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.

🔰Memorandum doirasida SAT imtihonlarini respublikaning barcha hududlarida tashkil etish hamda xalqaro ta’lim standartlarini yaxshilashga qaratilgan seminarlar tashkil etish bo‘yicha hamkorlik ishlari amalga oshiriladi.

🌐 Bu hamkorlik natijasida mamlakatimizdagi talabgorlar o‘z qobiliyatlarini xalqaro darajada namoyon etish, dunyo miqyosidagi oliy ta’lim muassasalariga yo‘l ochish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞   (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤3🔥2
#Live #TalabaExpo_2025

Ayni vaqtda Talabalar festivali doirasidagi “Talaba Expo – 2025”ning 3-kun tadbirlari start oldi

Jarayonlarni jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin!

📹 YouTube va Facebook

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2❤1
#Eʼlon

☄️☄️ Texnikum va politexnikumlarda faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilari diqqatiga!

O‘quvchilaringiz orasida ingliz, koreys, nemis hamda yapon tillari bo‘yicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilaringiz soni qancha?

Joriy yil 30-mayga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘zingiz va o‘quvchilaringiz haqida ma’lumot kiriting.

Xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilari soniga qarab chet tili o‘qituvchilari reytingi tuziladi va 50 nafar murabbiyga 50 million so‘m miqdorida bir martalik subsidiya to‘lanadi.

Murojaat uchun: Migratsiya agentligi +998 71-202-33-55 (ichki raqam 515)

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥3
#TechnoWays #harbiymarafon #YoshlarAkademiyasi

“TechnoWays” harbiy ilmiy innovatsion marafoni start oldi


22-may kuni Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida “TechnoWays” harbiy ilmiy innovatsion marafoni boshlandi. Unda vazirlikka qarashli 5 ta oliy harbiy bilim yurti kursantlari va yosh tadqiqotchilari ishtirok etmoqda.

Ochilish marosimida general-mayor Z. Iminov va Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sh. Rajabbayev ishtirok etib, ilm-fan va innovatsiyalarning mudofaa sohasidagi ahamiyatini ta’kidladilar.

Marafon doirasida tashkil etilgan innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasida 150 dan ortiq ishlanmalar namoyish etildi hamda 5 nafar kursant Yoshlar akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi.

Shuningdek, “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida 101 ta ilmiy g‘oya taqdimoti rejalashtirilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤2🔥1
#Dayjest #TalabalarLigasi #Taqdirlash

“Talabalar ligasi 2025” musobaqalarining 3 ta sport turi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlari aniqlandi


☑️Yengil atletika bo‘yicha Andijon davlat universitetida bo‘lib o‘tgan respublika final bosqichida:

🥇-o‘rin: – Namangan viloyati;
🥈-o‘rin: – Andijon viloyati;
🥉-o‘rin: – Samarqand viloyati.

☑️Buxoro davlat universitetida o‘tkazilgan voleybol musobaqasining yakuniy natijalari:

Qizlar o‘rtasida
🥇-o‘rin: Namangan viloyati
🥈-o‘rin: Buxoro viloyati
🥉-o‘rin: Xorazm viloyati

Yigitlar o‘rtasida
🥇-o‘rin: Buxoro viloyati
🥈-o‘rin: Qashqadaryo viloyati
🥉-o‘rin: Samarqand viloyati

☑️Urganch davlat universitetida o‘tkazilgan kurash musobaqasida:

🥇
-o‘rin: Surxondaryo viloyati;
🥈-o‘rin: Qashqadaryo viloyati;
🥉-o‘rin: Qoraqalpog‘iston Respublikasi.


Faxrli o‘rinlarni egallagan g‘olib va sovrindorlar I, II va III darajali diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤1🔥1